Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misoli qadrdon aka-ukalar. Putin va Asad Suriyada uchrashdi (Video)
Bugun, 11 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin birinchi marta Suriyada joylashgan Xmaymim bazasiga keldi.
Rossiya rahbarini bazada Suriya prezidenti Bashar Asad, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Rossiyaning Suriyadagi guruhi qo‘mondoni Sergey Surovikin kutib oldi.
Putin bu yerda Suriyadan qo‘shinlarni olib chiqishni boshlashga topshiriq berdi. Rossiyaga kontingentning katta qismi qaytadi, lekin aniq raqamlar aytilmadi.
«Mudofaa vaziri, Bosh shtab boshlig‘iga Rossiya harbiy guruhini ularning doimiy joylashuvi yeriga olib chiqib ketishga kirishish haqida topshiriq beraman.
Rossiyalik harbiylar o‘z yaqinlarining oldiga g‘alaba bilan qaytishmoqda. Vatan sizlarni kutmoqda, do‘stlar. Sizlarga xizmat uchun minnatdorlik bildiraman.
Agar terrorchilar yana bosh ko‘tarsa, biz ularga hali ko‘rmagan zarbalarni beramiz», — dedi Putin.
Mavzuga oid
13:22 / 27.12.2025
Putin RFda qurol-yarog‘ ishlab chiqarish bir necha barobar o‘sganini aytdi
08:40 / 27.12.2025
Putin Ukraina bilan qisman “hudud almashinuvi”ga tayyor
23:06 / 26.12.2025
Rojdestvoda o‘lim tilagi: toqatsizlik nafratga aylandi
21:44 / 26.12.2025