O‘zbekiston | 16:58 / 11.05.2023
7483
3 daqiqa o‘qiladi

«ATI.SU yuk tashishlar birjasi»ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Click tizimiga ulandi

Foto: ATI.SU

«ATI.SU yuk tashishlar birjasi»ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi kompaniya hamkorlari foydalanishlari mumkin bo‘lgan to‘lov xizmatlarining variantlari kengayganligini e’lon qildi. Endi Birja xizmatlarini so‘mda nafaqat hisob raqamidan yoki kvitansiya asosida naqd pulda, balki o‘zlariga biriktirilgan Uzcard va Humo kartalaridan Click to‘lov tizimi orqali ham amalga oshirish mumkin.

Birja O‘zbekistonda – Markaziy Osiyodagi asosiy tranzit mintaqalaridan birida o‘z vakolatxonasini ochganligi haqida 2022 yil oktyabrda e’lon qilgandi. ATI.SU ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi yilda mamlakat ichida yuk tashishga talab amalda ikki barobarga oshdi, eksport yo‘nalishlariga buyurtmalar soni esa, 2,5 baravarga ko‘paydi.

«Birjaning O‘zbekistonda vakolatxonasining ochilishini muvaffaqiyatli va o‘z vaqtida qabul qilingan qaror deyish mumkin, buning isbotini mamlakatda kompaniya xizmatlariga buyurtmachilar va yuk tashuvchilar tomonidan talabning o‘sib borayotganida ko‘ramiz», - deya sharhlaydi xalqaro «ATI.SU yuk tashishlar birjasi»ning O‘zbekistondagi vakolatxonasining direktori Farid Vohidov.

Click to‘lov tizimi yordamida «ATI.SU birjasi»ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi mijozlari hisoblar bo‘yicha to‘lovlarni my.click.uz'dagi shaxsiy kabinetdan, @clickuz maxsus Telegram-botidan, Google Play, Aplle App Store va Huawei AppGalery ilovalar do‘konlaridan yuklab olish mumkin bo‘lgan Click up mobil ilovasidan, shuningdek tizimning virtual hisob terminali yoki USSD-buyruqdan foydalanib amalga oshirish imkoniga ega bo‘ldilar. 

«Turli to‘lov servislarining integratsiyasi – bu Birjaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi foydalanuvchilari uchun raqamli logistika imkoniyatlarini rivojlantirish yo‘lidagi navbatdagi qadam. Yuk jo‘natuvchilar va tashuvchilar uchun o‘zlari uchun eng qulay hisob-kitob variantini tanlash imkoniga ega bo‘lish muhim», - qo‘shimcha qildi Farid Vohidov.

Reklama