Rossiya, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Özbekiston boş prokurorlari terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşda hamkorlik töğrisidagi bitimni imzoladi, deb xabar berdi RBK. Moskva şahrida ötgan uçraşuvda hujjatni Rossiya boş prokurori Aleksandr Gutsan, Belarus boş prokurori Dmitriy Gora, Qozoğiston boş prokurori Berik Asilov, Qirğiziston boş prokurori Malik Bekturganov, Tojikiston boş prokurori Habibullo Saydullo Vohidzoda va Özbekiston boş prokurori Niğmatilla Yöldoşev imzoladi.

Endi mamlakatlar hukumat xavfsizlikka tahdid deb hisoblaydigan terroristik va ekstremistik taşkilotlar hamda alohida şaxslar haqida tezkor maʼlumot almaşadi. Maʼlumot almaşinuvi, şuningdek, davlatlar suverenitetiga qaratilgan tajovuzlar yoki ehtimoliy terroristik hujumlar haqidagi maʼlumotlarga ham taalluqlidir. Bitimda «öz davlatiga» qaytayotgan xorijiy jangarilar va ularning oila aʼzolari alohida tilga olingan.

Rossiyada ekstremizm va terrorizmga oid moddalar, jumladan, siyosiy sabablarga köra qözğatilgan işlarda ham qöllaniladi. Rosfinmonitoringning tegişli reyestriga allaqaçon 23 mingdan ortiq kişi kiritilgan bölib, yaqinda ularning safiga jurnalist Yuriy Dud ham qöşildi. Boşqalar qatori bu röyxatda Pavel Durov, Vera Polozkova, Leonid Gozman, Tatyana Lazareva, Boris Akunin, Aleksandr Nevzorov bor.

«Pervyy otdel» loyihasi va Parubets Analytics tahliliy markazi maʼlumotlariga köra, 2026-yil birinçi yarmida Rossiyada terrorizm uçun 1145 kişi sudlangan, bir yil avval esa bunday hukmlar 725 tani taşkil etgan.