Rossiya Liberal-demokratik partiyasi (RLDP) qonunçilikka mehnat migrantlari tilidagi reklamalarni taqiqlaş töğrisidagi özgarişlarni kiritişga tayyorgarlik körmoqda.
Deputatlar Rossiya banklari tomonidan qirğiz, özbek va tojik tillarida xizmat taklif qiliş holatlari köpayib borayotganidan norozi.
RLDP fraksiyasi rahbari örinbosari Aleksey Didenko sözlariga köra, banklar «katta pul oqimlaridan uzoqlaşa olmayapti» va «migrantlarni ijtimoiylaşuvi va rus tilini örganişi uçun zarur bölgan eng muhim motivatsiyalardan mahrum qilmoqda».
«[Agar xizmatlar milliy tillarda taklif etilsa], ularning rus tilini örganişiga hojat qolmaydi-ku? Şartli quriliş maydonçasidagi hamkasblar bilan ona tilida gaplaşiş mumkin. Dökonda «barmoqlar yordamida tuşuntirsa böladi». Agar sotuvçilar qayerdan kelib çiqqani hisobga olinsa, hatto ona tilida gaplaşsa böladi. Migrantlarning köpçiligi yaşaydigan milliy anklavlarda rus tili kerak ham emas», dedi Didenko.
Partiya yangi tuzatişlar bilan moliya institutlarini «qaysi davlatda va kim uçun işlayotganini» «yaxşilab eslatib qöymoqçi».








