Davlat test markazi xabariga köra, talabalar öqişi ular arizalariga muvofiq doimiy yaşaş manzili hududida joylaşgan OTM mos va turdoş (mos va turdoş bölmagan taqdirda mazmunan yaqin bölgan) ta’lim yönalişiga köçiriladi.

Öqişni köçiriş böyiça arizalar 2022 yil 1 noyabrdan 20 noyabrga qadar (şu kuni ham) Davlat test markazi my.dtm.uz sayti («Rossiyadan öqişni köçiriş» bölimi) orqali qabul qilinadi.

Talabalarning haqiqatda muayyan OTMda tahsil olganligini tekşiriş 2022 yil 25 noyabrdan 15 dekabrga qadar Taşqi işlar vazirligi tomonidan amalga oşiriladi.

Talabalar öqişini köçirişga ruxsat beriş böyiça qaror respublika OTM idoraviy böysunuvidan qat’i nazar Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilinadi;

Fuqarolarning Rossiyadagi muayyan OTMda haqiqatda öqiyotganligi aniqlanmasa, ularning öqişi köçirilmaydi.

Öqişi köçirilgan talabalar öqişini mos kursdan davom ettirişiga istisno tariqasida ruxsat beriladi. Bunda aniqlangan fanlar farqi 2022-2023 öquv yili davomida bepul topşiriladi.