G‘arbning birinchi javobi: Germaniya «Shimoliy oqim-2» sertifikatsiyasini to‘xtatishini e’lon qildi
Kansler bu borada Germaniya federal iqtisodiyot vazirligiga ko‘rsatma berdi.
Germaniya Rossiyaning «Shimoliy oqim-2» gaz quvuri uchun sertifikatsiyani bekor qiladi. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols ma’lum qildi.
Shols iqtisodiyot vazirligi rahbariyatiga «Shimoliy oqim-2» operatori sertifikatsiyasini to‘xtatish uchun kerakli nazorat organiga murojaat qilishni so‘ragan. «Albatta, bu texnik jarayon, lekin sertifikatsiyani to‘xtatish uchun zarur. Bu sertifikatsiz «Shimoliy oqim-2» ishga tushirilmaydi», dedi Shols.
Rossiya Yevropaga gaz yetkazib beruvchi asosiy davlat hisoblanadi.
«Shimoliy oqim-2» orqali Rossiyadan Yevropaga katta miqdorda gaz eksport qilish ko‘zlangan. U hali ishga tushgani yo‘q va bu aynan Germaniya bevosita nazorat qila oladigan operator hisoblanadi. Uning oxirgi manzili ham aynan Germaniya. Rossiya gazi AESlaridan voz kechayotgan Germaniya uchun muhim energetik xomashyo hisoblanadi.
Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiyaga nisbatan yumshoq munosabatda bo‘layotgani uchun ko‘p tanqid qilinayotgandi. Uning Vashingtonga tashrifi davomida bir necha marta «Shimoliy oqim-2» taqdiri haqida so‘rashdi, ammo kansler mujmal javob bilan kifoyalangandi. Shunday bo‘lsa-da, Germaniya Rossiya DXR va LXRni mustaqil deb tan olganiga birinchi bo‘lib reaksiya bildirdi - kansler bu qarorni qat’iy qoraladi.
Rossiya DXR va LXRni mustaqil deb tan olgach, G‘arb Rossiyaga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda. Xususan, Bayden amerikaliklarga DXR va LXRga investitsiya kiritish taqiqlanishini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
18:40
Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerga ta’ziya yo‘lladi
08:03
Germaniyada mashina rojdestvo bozoridagi kishilar ustiga haydaldi
15:01 / 20.12.2024
Olaf Shols NATO bo‘yicha ittifoqchilarni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
09:55 / 20.12.2024