Beş qizning onasi, oltiariqlik 35 yoşli Zulayho Turğunboyevaning boşidan keçirgan maşaqqatlari qalblarni larzaga soladi. Öğil tuğib bermading, deya turmuş örtoği boşqaga uylanib uydan çiqib ketgani, yaşab turgan hovlisini qöşni ayol makr bilan boşqaga sotib yuborişi ortidan u 5 qizi bilan köçada qolib ketgan. Öz hovlisining bir burçagida non pişiriş sexining kiçik xonaçasida hojatxonasiz 4 yil yaşagan...
Şunday paytlar bölganki, farroşlik qilib rözğor tebratayotgan onasi farzandlari uçun bozordan meva olib kelsa, norasidalar hojatxona yöqligidan meva yeyişga botina olişmagan.
Yaxşilar bor ekan, makr bilan 7 ming dollarga pullab yuborilgan hovlisini yaxşilar kömagida 30 ming dollarga qaytarib olgan...
(Sotib yuborilgan hovli)
Zulayho 2003 yilda turmuşga çiqdi. 2016 yilda törtinçi qizidan keyin beşinçi farzandi — Şukrona dunyoga keldi. Hammasi şundan boşlandi...
«Tumandagi 30-maktabda 9-sinfgaça öqidim. Şundan keyin Qapçiğay qişloğidagi kollejda iqtisodiyot yönalişida tahsilni davom ettirdim. Talabalik davrimda onam vafot etdi. Oilada 6 nafar farzand edik. 5 qiz va bir öğil. Men uçinçi farzand edim.
2003 yilda onamning qarindoşiga turmuşga çiqdim. Kelin bölib tuşgan uyda çol-kampir bölgani uçun keksalarni parvariş qiladi, deb meni olib berişgan ekan.
2004 yilda katta farzandim Şohsanam tuğildi. Tönğiç qizimdan keyin yana 3 qizni dunyoga keltirdim. 4-qizim dunyoga kelguniça hammasi maromida edi. Xöjayinim bilan yaxşi yaşaganmiz. Namunali oila edik. Mahallaning oldi kelini edim. Xöjayinim bilan hovlimizning bir burçagida tadbirkorlikni boşlab kiçik «xleb» sexi oçgan edik.
2016 yilda 5-qizim dunyoga keldi. Orada qaynota-qaynonamlar ötib ketişdi. 5-qizim tuğilgandan keyin erim içkilikka ruju qöydi. Men xöjayinimni töğri yölga solmoqçi böldim, lekin uddasidan çiqa olmadim.
Xöjayinim öğil farzand xohlab, boşqa qizga uylanib oldi. U ayoldan öğil farzand kördi.
2016 yilning 8 dekabr kuni sud ijrosidan vakil bölib bir odam hovlimizga kirib keldi. Bu paytda xöjayinim yangi oilasi bilan boşqa joyda yaşar edi. Men esa 5 qizim bilan hovlida yolğiz qolgan edim», – deydi u.
(Zulayho Turğunboyeva qizlari bilan)
Zulayho qahraton qiş faslida 5 qizi bilan köçada qoldi. U paytda qölida 6 oylik çaqaloği bor edi. U ilojsizlikdan ota uyiga ketişga majbur böldi.
Mavzuga oid
«Ijroçilar xöjayinim hovlini sotib yuborgani, uyni böşatişimiz kerakligini aytdi. Men karaxt bölib qolgandim. Mahalladan, içki işlar bölimidan odam keldi. Hovlini boşqa şaxsga sotib yuborilganidan xabarim yöqligi, hatto oldi-berdi şartnomasiga imzo qöymaganimni aytib, uyni böşatmasligimni ijroçilarga aytdim.
Bu masalalarning barçasi sudda körilişini aytişib, 5 nafar bolam bilan meni köçaga çiqarib qöyişdi. Ota uyimga boş olib ketdim.
Xöjayinimning özgaga uylanib olgani, yaşab turgan hovlimizning boşqaga sotib yuborilişi, boşqa bir tomonda farzandlarimning mungli közlari — bularning barçasi menga qattiq ta’sir qildi. Natijada tanamning bir tomoni işlamay qoldi. Hassaga suyanib qoldim. FHDYo idorasida hassaga tayanganimça farroşlik qilib farzandlarimni boqib yurdim. Mahalladan yordam ham söramadim. Birovga oğirligim tuşişini xohlamasdim».
Eri 5 qizni mehribonlik uyiga topşirmoqçi böldi. Lekin Zulayho bunga rozi bölmadi. U jondan aziz qizlarini mardikorçilik qilib bölsa ham bir özi boqişga ahd qildi.
«Ota uyimda qiynaldim. Farzandlarimning maktabi olisda qolib ketgan. Uzoqdan qatnaş muammo. Men esa hujjat işlari bilan tegişli taşkilotlarga «yugurar» edim.
Kunlarning birida otamning jahli çiqib xöjayinimga qönğiroq qildi-da «farzandlaringni olib ket, xohlasang ularni mehribonlik uyiga joylaştir», deb koyib berdi. Otam menga açinganidan, meni iztirobga tuşib azoblanayotganimni körib çiday olmasdan şu gaplarga aytişga majbur bölgandi.
Şundan keyin xöjayinim hokimiyatga kelib bolalarimning mehribonlik uyiga topşirişligini aytibdi. Men bunga qarşi böldim. Öşa kuniyoq prokuraturaga kirib hovlimiz burçagidagi «xleb» sexiga gaz ulab berişda kömak berişlarini, mardikorçilik qilib bölsa ham bolalarimni özim boqişimni aytdim. Uy masalasa hal bölguniça yaşaş uçun joy yöqligidan sexning kiçik xonasini boşpana qilişdan boşqa çora yöq edi.
Ota hovlimda yaşaşni özimga ep körmadim. Bolalarimning öksinib qolişini istamas edim.
Bir tomondan farzandlarimning bolaligini öğrilab qöygan bölsak, boşqa bir tomondan esa zurriyodlarim qiz bölib dunyoga kelganidan va buning uçun boşimizga şunça kulfatlar kelayotganidan özlarini ayblaşayotgandek edi».
Zulayho kunduz kunlari tokzorda işladi. Qoş qorayganda uyga kelib farzandlari holidan xabar olib, undan keyin davlat xizmatlari markazida farroşlik qildi.
«Prokuratura yordam körsatib, sotilib ketgan hovlimiz çetidagi sexning kiçik bir xonasiga gaz ulab berişdi. Öşa sexning xonaçasida 5 qizim bilan 4 yil yaşadim. Bu uyçaning hojatxonasi yöq. Çelakka hojat çiqarardik. Farzandlarim dunyoga kelgan sevimli hovlimizning bir çetida hojatxonasiz bir uyçada yaşar edik. Hovlimizda esa yetti yot begonalar yaşaşardi.
Kunduz kunlari uzum boğda, keçasi esa tuman davlat xizmatlari markazi binosida farroşlik qilib yurdim. Şu markazda quriliş bölayotgan mahal ustalarga ovqat qilib yurib oşpazlik ham qildim. Xöjayinimning muqim işi yöqligidan uni alimentga bermagan edim. Xöjayinim yöl körsatadigan odami yöqligidan töğri yöldan adaşgan edi.
Yoşligimda boğdorçilik bilan şuğullanganim uçun uzum parvariş qiliş qölimdan kelardi. Tokzorda yonimga 5-6 ayollarni olib 2 yil işladim. Erta tongdan soat 18 gaça tokzorda işlasam, uyga kelib farzandlarim holidan xabar olib keyin davlat xizmatlari markaziga farroşlik qiliş uçun ketardim. Ikki joyda işlab rözğordan oz-moz pul orttirganim uçun uy masalasiga yeçim topiş ilinjida sudlarga qatnay boşladim. Bu orada 4-qizim «sariq kasal» bölib qoldi. Uni kasalxonaga yotqizdim. Qölimda esa çaqaloğim bor edi», – deydi Zulayho.
Zulayho beşinçi qizini boqişga qiynalganidan emas, yaqin dugonasining qiz farzandi yöqligidan berdi.
«Boşimdan köp musibatlar ötdi. Bu hayotda juda köp narsa yöqotdim. Lekin şu paytgaça afsuslanmadim. Farzand boqib qiynalmadim, ular mening boyliklarim deyman. Alloh ularni yaratib qöygan ekan, bolalarimning rizqi har tomondan keladi. Haqiqatni aytişim kerak. Bozordan bir qop un yoki yoğ olmayman. Oltiariq tumanimizda şunday saxovatpeşa insonlar borki, ular tomonidan xarajatlar taşlab ketiladi. Ularning hatto kimligini ham bilmayman.
Saxovatpeşa insonlarni namozlarimda doim duo qilaman. Yolğiz qolganimda köp yiğlayman. Qanday insonlarning kelini edim, deya. Men tuşgan oila katta ehson qiluvçi, namunali oila edi. Ota-onamdan köra ham hayotda yaxşi insonlarni topganman, deb quvonib yurardim. Qaynona va qaynotamlar menga ota-onamdan ham köproq mehr berişgan. Ularning duosidan men uyimni qaytarib olişga erişdim, deb öylayman. Ular meni köp duo qilişgan.
4 yil sex içida yaşagan paytda xöjayinim mahalla ahlidan oriyat qilib, qizlarini körgani ham kelmay qöydi.
5-qizimni qiynalganim sababli emas, özimning yaqin dugonamga qiz farzandi yöqligidan berdim. Dugonam qizimni olib har hafta holimizdan xabar olib turişadi. Kimlardir farzandini dugonasiga sotibdi, deb gap ham çiqarişdi. Jahl ustida xöjayinimga farzandlaringizni köçada körsangiz köring, lekin uyga kelmang, deb aytganman. Mana uyimni qaytarib ham oldim. Hozirgi hayotim yaxşi. Allohga şukr, nolimayman».
Zulayho uylari qanday qilib sotilib ketganini ham gapirib berdi. U xöjayini bilan birga «xleb» sexini yurgiziş uçun kredit olgan ekan. Bozorda un narxi kötarilib ketişi ortidan sex kasodga uçragan. Oila kredit tölaşda qiyinçilikka duç kelgan. Yulduz ismli qöşni ayol kreditni tölab bermoqçi böldi...
«Hovlimizda sex oçgan paytda ba’zi bir jihozlarga pul yetmay qolganidan kredit olgan edik. «Xleb» seximiz avvalida yaxşi yurdi. Bozorda un narxi kötarilib ketişi ortidan seximiz kasodga uçradi. Keyin sexni yopib qöydik.
Orada xöjayinim içagidan rak bölib qoldi. Şifokorlar bu jiddiy kasallik ekani, buning oxiri ölim bilan tugaşi haqida aytişib bizni qörqitişdi. Kasallik bilan jiddiy kuraşib erimni davolatdik. Xöjayinim tuzalib ketdi. Lekin sexni yurgiziş uçun olingan kredit tölovi tölanmay qolib ketgan edi.
Men u paytda dalaga paxta tergani çiqardim. Bir kuni daladan qaytsam (u paytda qaynonam hayot edi) sörida ötirgan qaynonam kelganimni körib «yaxşiyamki mahallamizda yaxşi insonlar bor ekan», deb qoldi. Qaynonamdan gap nima haqida ekanini söraganimda qöşni ayol Yulduzxon uyga çiqib sexni nega yurgizişmayotganini söragani, xöjayini kredit tölovi sabab töxtatib turilganini qöşni ayolga aytganida qöşni ayol birovlarning qölida katta puli borligi, kredit tölovini tölab berişligi, sex işini davom ettirişlarini aytgan. Buning evaziga esa qöşni ayol sexni garovga qöyib berasiz, degan.
Davlatdan kredit oliş uçun sex örni bölgan 2 sotix yerni hujjatlaştirib öşa joy garovga qöyilgan edi. Qöşni Yulduz opaga joy allaqaçon garovga qöyilganini xöjayinim aytganida bu masalani maslahatlaşib köramiz, deb çiqib ketgan ekan.
Qöşni ayolning bu taklifini eşitib xöjayinimga kalta öylamang, bu ayol juda köpçilikni çuv tuşirgani haqida eşitganman deb aytdim. Şu şu bu mavzu yopilib ketgan edi».
Qöşni ayol Zulayhoning erining boşini aylantirib kreditingni tölab beraman, evaziga yaşab turgan hovlingni garovga qöyib berasan, deb notariusdan tasdiqlatib oldi. Bu iş Zulayhodan yaşirinça amalga oşirildi...
«Bir muddat ötib qaynonam vafot etdi. Xöjayinim kasal bölib qolganida davolatmoqçi bölib böş turgan tomorqamizni sotib yuborgan edik. Sotilgan puldan 400 dollar olib qaynonamga şifokorlar rakning davosi yöq deyişayotgani, mana bu pulni olingda ehtiyot şart erimning marosimlariga işlatişga olib qöying, deb bergan edim. Bu pullarni qaynonam kamzulining çöntagida ehtiyotlab yurdi. Qaynonam kasal bölib qoldi orada. Buning ustiga xöjayinimni 3-marta operatsiya qilişimiz kerak edi. Pul topa olmay qaynonamdagi 100 dollarni olib işlatdim. Qaynonamning quloğiga sirğa olib bergan edim. Uni ham sotdim. Şu pullarni işlatib qaynonam va xöjayinimni şifoxonadan soğ-omon olib çiqdim.
Oradan bir oz vaqt ötib qaynonam oğirlaşib qoldi. Qaynonam kamzulidagi qolgan 300 dollarni olib yon qöşnimiz xöjayinimning amakisi Hoşim xojining yoniga kirib xöjayinim yoki qaynonamga bir narsa bölib qolgudek bölsa, ölimtigiga işlatasiz deb berdim.
Oradan heç qança vaqt ötmay qaynonam vafot etdi. Öşa pulga ularning barça marosimlarini ötkazdim. Aynan mana şu marosimlar bilan ovora bölib qolganimda qöşni Yulduz opa xöjayinimni köça boşidagi notariusga olib çiqib kreditingni tölab beraman, evaziga yaşab turgan hovlingni garovga qöyib berasan degan. Xöjayinim uyimni garovga qöymayman deganida ayol unda işonçnoma yozib berasan, deb amallab köndirgan ekan. Mening iştirokimsiz va imzomsiz notariusda hovliga işonçnoma qildirilgan. Mahalla komitetidagilar xöjayining uyingga Yulduzga işonçnoma qildirib beryapti, deb bir oğiz aytişmagan.
Bu paytda homilador edim. 2016 yil 24 iyunda beşinçi qizim dunyoga keldi. Kenjam çaqaloqligida ijrodan odam kelgan edi. Öz hovlimdan çiqarib taşlaşdi».
Qöşni ayol Yulduz Xonqiz degan qişloqda yaşovçi Davlat ismli tanişidan 7000 dollar qarzdor bölib, u hovlining Davlatning nomiga ötkazib berib, öşa qarzidan qutulmoqçi bölgani keyinroq oydinlaşadi....
«Hovlini qaytarib oliş uçun sudlarga qatnadim. Uy uçun töpolonlar qildim. Qölimga sotilgan uy pulini olmaganman-ku. Işonçnomaga meni qöl qöygan, deyişdi. Lekin keyinçalik qöl qöymaganligim öz isbotini topdi. Menga kredit tölaşga deb aldab imzo qöydirib olişgan ekan. Kredit tölab beramiz, deb aytişib hovliga işonçnoma tayyorlatib hovlini boşqasiga sotib yuborişgan ekan.
Yulduzning Xonqiz degan qişloqda yaşovçi Davlat ismli tanişidan 7000 dollar qarzi bor ekan. Yulduz hovlimizning Davlatning nomiga ötkazib berib, öşa qarzidan qutilmoqçi bölgan.
Men bu paytda sexning kiçik bir hojatxonasiz xonasida 5 farzandim bilan yaşar edim. Sudlarga şu masalada uçrasam faqat Davlat tomoniga hal qilib berdi. Sud haqiqatni yuzaga çiqarib bermadi. Heç kim holatni aniq kelib örganmagani alam qildi. «Ayb özlaringda»dan boşqasiga ötişmadi.
Qaysi taşkilotga uçramay, qay bir şaxs bilan gaplaşmay ular uyimni baribir qaytarib ololmasligimni aytişardi».
Mahalla ahli Zulayhoni beş farzandi bilan heç qayoqqa ketmaydi, deya qöriqlaşgan. Hattoki, tuman hokimi bergan uyning kalitini ham rad etişgan.
«Hovlimni qaytarib olaman deb oldimga qat’iy maqsad qöydim. Hokimbuva Qiziltepadan hattoki uy beraman, deb kalitlarigaça qölimga tutqazdi. Lekin rozi bölmadim. Mahalla ham men tomon bölib bu yerdan çiqib ketmaysiz, deb turib olişdi.
Mahalla ahli hokimning yoniga borib, «Beş qizi bilan bu ayolni heç qayerga çiqarmaymiz», deyişdi. Ayol beş qizi bilan begona joyga çiqib ketsa, qizlari çiroyli, özi esa yoş juvon, ona işga çiqib ketsa qizlarini tergaydigan odam yöq, har qanaqa isnodli vaziyatlar bölişi mumkin, deya mahalla men uçun, oilam uçun jon kuydirdi.
Qaçonki öz uyini qaytarib oladi öşanda uyiga kiradi, ungaça pekarniy içida yaşaydi deb turib olişdi. Mahalla ahli doim moddiy yordam berib turdi».
Zulayhoga «Mehrjon» ayollarni himoya qiliş markazidan yordam taklif qilindi. U bu taşkilot muammoni hal qilib berişiga işonmas edi. Zulayho uyga öt qöyişga ham majbur bölgan kezlar böldi.
«Mahallamizda Vali aka degan kişi bor. Şu aka menga «Mehrjon» degan jamğarma borligi, himoyaga muhtoj ayollarga jamğarma yordam berajagi haqida aytdi.
Oradan bir muddat ötib «Mehrjon» jamğarmasidan Xurşida ismli ayol qönğiroq qilib oilamni örganişlarini, yordam berişlarini aytdi. Ertasi kuni ular men işlaydigan tokzorga borişdi. Xurşida opa bilan mahallamizda yiğiliş ötkazdi. Yiğilişda uyimizni aldab sotib yuborgan Yulduz ham iştirok etdi. Uyimizni 7000 dollar hisobiga olgan Davlat ismli bola Poloson qişloğida yaşovçi Nuriddin Böronovga 15 000 dollarga sotib yuborgan ekan. Nuriddin sotib olgan uyida yaşab yurdi. Uyning yangi xöjayini bilan urişdim. Alamimni içimga siğdira olmay hatto bir kuni uyga benzin bilan yoqib yubordim ham. Ötni darhol öçirişdi...» – deydi Zulayho.
Zulayho jigar sirrozi kasaliga çalindi. U bu hayotda farzandlari uçun ham yaşaşi kerakligini anglab yetdi. Kasallikka qarşi astoydil kuraşdi...
«Yangi köçib kelgan xonadon egasi mahallani çaqirib oş bermoqçi böldi. Lekin oşiga heç kim çiqmadi. Biz qanday qilib oş yegani kiraylik? Beş bolasi bilan tirik tul bir uyçada tiqilib ötiribdi, deb qöşnilar çiqişmagan.
Mahalladagi yoşi kattalarni öz otamdek köraman. Kiçiklarni esa akamdek. Ular qizlarimni tergasa men doim xursand bölganman. Mahalla mening otam va onam. Mazam qoçsa, hayoting uçun şunça kuraşding, deya birma bir hamma yöqlab çiqadi.
Yaqinda qattiq betob bölib qoldim. Tösatdan butun tanam şişib ketgan edi. Apparatga tuşsam jigar sirrozi taşxisi qöyişdi. Jigar sirrozi bölsam ölib qolar ekanman, deb tuşkunlikka tuşib qoldim. Davolandim lekin foydasi bölmadi. Mahalladan issiqxona qurib berişgan edi oilamizga harna bölar deb. Issiqxonada 3 marta köçat qilib sotib pulini ehtiyotlab qöygandim. Şu pulga qolip va peç olib seximizga işga tuşiraman deb yurgan edim. Qolip olişga ulgurdim, lekin peç olişga kelganida pullarimni davolanişga sarfladim.
Farğona şahridagi xususiy klinikaga borib vraçga turmuş örtoğim yöqligi, beş qizim uçun ham hali yaşaşim kerakligini aytdim. U yerda aniq taşxis qöyişa olmadi. Çunki bir oy davomida içim yurmadi. Qornim şişib, rangim sarğayib ketgan edi. Keyingi tekşiriş natijalari asab buzilişidan köp sohalarning işlaş tizimi sustlaşganini körsatdi. Yaratganga şukr ança yaxşi bölib qoldim. Masjidlardan yordam berişdi öşa paytda. Hozir ham yordam berib turişibdi».
Tuman hokimi fermerlardan 10000 dollar, imom xatib atrofdan 20000 dollar yiğib, 7000 dollarga sotilgan hovlini 30000 dollarga qaytib sotib olib berişdi. Zulayho maqsadiga yetdi.
«Farzandlarimni xafa bölişini xohlamayman. Menga toş otilsa ham kötaraman. Lekin farzandlarimning bir tomçi köz yoşini kötara olmayman. Çunki ularning bolaligini ularning hayotlarini afsus nadomatga tuşirib qöyganmiz. Farzandlarim bolalik gaştini surmadi, deb hisoblayman. Bular yoş bölsa-da, maşaqqatlarni körib turib ulğayib qolişgan.
Kunlarning birida boğdagi işni tugatib uyga keldim. Qarasam ikkinçi qizim xafa bölib yiğlab ötiribdi. «Nega yiğlayapsan?» deb sörasam uyimizni sotib olgan Nuriddin sökib, haqorat qilganini aytdi. U qizlarimni «haromilar» deb koyigan ekan.
Xörligim kelib idişdagi benzinni oldim-da eşigini tepib töğri uyiga kirib bordim. Eşik yonidagi boğlab qöyilgan it ham uyga kirişimga tösqinlik qila olmadi.
Uyga benzinni tökdimda jahl ustida, agar yana bir marta qizlarimni xafa qiladigan bölsang uyingga öt qöyaman, bir kun kelib uyimni baribir qaytarib olaman, deb nola qildim. Özimni töxtata olmas edim bu paytda. Uyga tökilgan benzin ustiga esa gugurt çaqib taşladim. Uyda olov alanga oldi. Darhol Içki işlar xodimlari uyga yetib kelişdi. Mahalladan ham tumonat odam yiğildi.
Içki işlar xodimlariga sizlar ham bir kun men yaşayotgan uyda hojatxonasiz yaşab köringlar, bolalaringni garşokka ötirğizib, uni keç soat 12 da taşqariga tökib kelinglar, mening holatimni keyin tuşunasizlar, dedim. Içki işlar xodimlariga bir kun kelib uyimni albatta qaytarib olişimni aytdim. Ular mening holatimni tuşungandek bölişdi.
Bolalarim tuğilgan uyni farzandlarim xohişiga köra qaytarib oliş birdan bir tilagim edi. Janjal bölib ötgan kuni xörligim kelib barça hujjatlarni taxt qilib, Mehrjon jamğarmasi rahbari Xurşida opaning yoniga bordim. Xurşida opaga uyni qaytarib oliş zarurligi, hujjat işlari va yölkira uçun pul töplab qöyganimni aytdim. Mahalla ahli ham jim qarab turişmadi. Sud va advokatlik işlari uçun pul yiğib berişdi, baraka topişsin.
Xurşida opa Tanzila Norboyevaning qabuliga boriş kerakligini tuşuntirdi. Tanzila Norboyeva qabulidan çiqqanimdan keyin Umid ismli advokatga uçraşiş lozimligini tuşuntirişdi. Advokat qabuliga kirdim. U agar hovli hadya tarzida hujjatlaştirilgan bölsa qaytarib oliş muammo ekanini uqtirdi. Advokat Davlatnazar ismli jurnalist borligi, Oltiariqqa kelib ziddiyatli holatni örganiş kerakligini aytdi.
Oradan bir muddat ötib, Xorazmdan Davlatnazar Rözmetov kelib holatni örgandi. Farzandlarimdan ham intervyu oldi. Tayyorlagan intervyuni internetga çiqarib yubordi. Saytda çiqqan lavhadan keyin barça rahbarlar harakatga tuşib qolişdi. Buning ortidan juda köplab odamlar tomonidan menga yordam taklif qilingan. Ba’zilar uy kalitlarini berişib hovlingizni qaytarib olguningizça yaşab turing deya takliflar berişgan. Rozi bölmadim.
Tuman hokimi fermerlardan 10000 dollar, imom-xatibimiz atrofdan 20000 dollar yiğib, uyni qaytib sotib olib berişdi. Mahalla oqsoqollari va mahalladoşlarning barçasi pul yiğişda öz hissalarini qöşişdi.
7000 dollarga sotilgan hovlini qöldan qölga ötib 30000 dollarga qaytarib sotib oldik. Uyning oxirigi egasi hovlimizning çap tomonida qurilgan barça imoratlarni buzib, materiallarigaça özi bilan olib ketdi. Uyni buzayotganlarida janjal kötarganimda oqsoqollar şaştimdan qaytarişgan».
Zulayhoning qizlari «qornimiz oğrib qolgudek bölsa hojatxonaga qayerga boramiz?» deb u bozordan olib kelgan mevalarini atay yeyişmas edi... Buni keyinçalik qizlaridan biri aytib berdi.
«Surunkali gepatitim bölgani uçun qizlarim mening siqilişimni xohlaşmaydi. Ular otasini iç-içidan soğinib tursalar-da, buni menga bildirmaslikka harakat qilişadi. Farzandlarim menga siz sabab bölib uyimizni qaytarib oldik deb köp aytişadi.
Bu narsa butun umr xotiramda qolsa kerak: hovlimizga qaytib kirgan paytimiz kiçik qizim «urra endi bizning ham hojatxonamiz bor», deb hojatxonaga yugurgan. Bu holatdan allaneçuk bölib ketganman.
Biror tanişim bilan uçraşib qolsam, ularning uyimni ta’mirlaş kerak degan gapini eşitib qolgudek bölsam, hozirgaça xojatxonalaring bölsa bu sizlarning boyliklaring deyman. Çunki pekarniyda yaşagan paytimizda boğda işlab yurgan kezimda uyga quruq kelmas edim. Bolalarim öksimasin deya ularga bozorning oldi narsasini yedirardim. Olib kelgan mevalarni tozalab yuvib bolalarimning yoniga qöyar edim. Lekin negadir ular yeyişmas edi...
(4 yil davomida oilaga boşpana bölgan pekarniy)
Keyinçalik uyni qaytarib olganimizdan keyin qizlarimdan biri bir gap aytsam xafa bölmaysizmi, deb qoldi. Pekarniyda yaşaganimizda qornimiz oğrib qolgudek bölsa qayerga hojatxonaga boramiz, deb olib kelgan mevalaringizni atay yemas edik...
Bu gaplardan keyin namozni öqiyotib, öksinib yiğladim. Keyin yaxşilab eslab körsam rostdan ham qizlarim öşa paytda olib kelgan mevalarni yeyişmas edi. Bularning barçasini qizimning gapidan keyin esladim. Mevalarni mahalla bolalariga berar edim.
Xalq yonida, barça-barçaning yonida men qizlarimdan keçirim sörayman. Çunki biz yoşlik qilganmiz. Birov bizga yöl körsatmagan. Mening oriyatim kuçlilik qilgan özgadan yordam söragani. Farzandlarim uçun ham uyimizni qaytarib oldik. Butun Oltiariq xalqiga, tuman imom-xatibiga, hokim va prokurorlarga, umuman menga yordam bergan barça-barçaga rahmatlar aytaman. Ular meni hozirgaça qöllab-quvvatlab kelişadi. Uyda xarajatim bölsa-da, ular yana olib kelişadi. Ular kasalligim tufayli meni ayaşib farzandlaring uçun ham soğliging kerak, oğir mehnat qilma deb doim uqtirib kelişadi».
Zulayho garçi özi va farzandlarini taşlab ketgan bölsa ham, xöjayini keyingi turmuşidan körgan öğli bilan baxtli yaşaşini xohlaydi.
«Xöjayinimni kimdir şu yerda, yana kimlardir Rossiyada deydi. Yana kimlardandir uning qidiruvda ekanini eşitganman. Xöjayinimning hayoti men uçun umuman qiziq emas, çunki buyoğiga özim oyoqqa turişga harakat qilaman.
Katta qizim otasi bilan gaplaşib turadi. Telefon nomerimni atay köp almaştiraman. Nomerimni bilib qolib telefon qilsa, raqamimni darhol yangisiga almaştirib olaman. Xöjayinim bilan gaplaşişni ham xohlamayman. U insonning taqdiri meni qiziqtirmaydi. Uning niyati öğil köriş edi. Eng yaxşi kunlarini öşa farzandidan körsin, deyman. Boşqa unga yomon tilagim yöq.
Birovning yonida xöjayinimni yomon demayman, çunki undan yomonlik körmaganman. Hayotda erkak kişi adaşsa uni Alloh ham keçiradi, deyişadiku. Ayol kişi adaşmasin deyman. Ayol kişining adaşişi töğri kelmaydi, çunki men şu kungaça beşta farzandimning kelajagini öylab iş tutganman. Qiynalsam ham şu farzandlarimni halol yöl bilan boqişga harakat qilaman. Çunki halollik bölsa Alloh yetkazaveradi bandasiga. Men bu narsani özimning boşimdan ötkazdim. Töğri yurib, töğri turganim uçun yonimda ming söm pulim qolsa, köp sinayman, beş dona qurut bölsa ham olib kelib bolalarimga beraman», – deydi u.
Zulayho beş qizi bilan novvoyxonada yaşagan kezlarda farzandlarining eski-tuski usti boşlarini yoqib, uyçani isitar edi. U hozir bu damlarni xuddi tuşida körgandek eslaydi...
«Haligaça qiş faslida pekarniyda yaşagan damlar köz öngimdan ötadi. Huddi qörqinçli tuşga öxşaydi. Ba’zida gaz bölgan, ba’zida bölmagan. Ötin olib kelsam uni qöygani joy bölmagan. Farzandlarimning eski tuski usti boşlarini yoqib uyni isitar edim. Xleb peçi bor edi uni yoniga temir peçka qöyib turib, dimoxodidan peçning trubasini ulab kun körganmiz. Lekin şunda ham afsuslanmaganman.
Men hayotimdan afsuslanmaganman, çunki farzandlarim çiroyli aqlli, xuşli. Men bormanki, hayotda farzandlarimga muammo yöq deganman. Hayot uçun kuraşganman. Bundan keyin ham kuraşaman. Köpçilik qiziqib söraşadi törtta farzandni qanday qilib boqyapsiz deb. Bizning turmuş örtoğimiz turib yetkaza olmaymiz deyişadi. Men köproq Allohga işonaman, eng köpi ibodatlarimda surayman halolidan, ğoyibidan rizq bergin deb. Heç kimga oğirligimni tuşirmagin Alloh deyman. Alloh yetkazadi. Alloh ğoyibidan beradi, deb jim ötirmayman. Harakat qilyapman...».
Yaxşilarning kömagi bilan öz uyini qaytarib olgan Zulayho tinç ötirgani yöq. Uning olam-olam rejalari va orzulari bor.
«Kimdir kelib somsa yoki patir qilib bering, deb buyurtma qiladi. Kimdir qatlama qilib bering deydi yoki kimdir opa bugun işim bor edi, bolamga qarab turing, deya farzandlarini taşlab ketişadi. Ularga enagalik qilaman.
Davlat tomondan issiqxona qurib berilgan. Erta bahorda köçat qilamiz. Hovliga uzum ekib qöyganman. U yerga ham issiqxonali tok qilmoqçiman. Issiqxonaning içida ham uzum böladi, ham bodring. Pomidor eksa ham böladi.
Oldinda rejalarim juda köp. Birinçi navbatda sexni yurgizmoqçiman.
Uyda enagalik qilaman bekor ötirgandan. Davlat işida işlaydigan insonlarning farzandiga qarayman. Töylarga patir, somsa buyurtma berişadi, qilib beraman.
Endi nasib bölsa uy egasi tomonidan buzilib ketgan uy örniga boğça qilmoqçiman. Yoniga esa hojatxona hammom, hamma şaroiti içida qilib ikki qavatli uy qurmoqçiman. 1-qavatini uy boğça qilmoqçiman, tepasini çevarxona, IT markazi taşkil qilaman», – deydi Zulayho.
***
Oilaning qizlari ota-onasi vaqtinça taşlab ketgan bolajonlarni öynatib hovli sahnida yurar, Zulayho esa tomorqadagi ekinlarni parvariş qilardi. Bir qaraşda maşmaşalardan bezgan hovli ham çinakam egasini öz bağriga olganidan sevingandek edi...