Livan hukumati iste'foga çiqdi, deb bayonot berdi soğliqni saqlaş vaziri Hamid Hasan LBC telekanali efirida.

Vazirlar Mahkamasida ötkazilgan yiğilişdan söng, Zeyna Akr Mudofaa vaziri kursisini tark etgan. Avvalroq, hukumatning bir neça vakili iste'fo haqida bayonot bergan edi. 10 avgust kuni keçqurun bu masala böyiça boş vazir Hasan Diab ham bayonot berişi kutilmoqda.

Hukumatning töliq tarkibda iste'foga çiqişi Bayrut aholisi talablaridan birining bajarilişini anglatadi.

Bayrut portidagi kuçli portlaş 4 avgust kuni sodir böldi. Natijada, şaharga juda katta zarar yetkazildi, 4 mingdan ortiq odam jabrlandi, 300 mingdan ortiği uylaridan mahrum böldi, 200ga yaqin insonning jasadi topildi.

7 avgustdan boşlab livanliklar norozilik namoyişiga çiqişdi, keyinçalik bu ommaviy töqnaşuvlarga aylanib ketdi. Namoyişçilar politsiyani toşböron qilişdi, petardalarni otişdi, bunga javoban, politsiya közni yoşlantiruvçi gazga ega granatalarni uloqtirdi. Namoyişçilar bir qança talablarni qöyişdi, jumladan, parlamentni tarqatib yuboriş, islohotlarni ötkaziş va h.k.

Juma kuni ular 4ta vazirlikning binosini egallaşdi, ammo keyinçalik harbiylar ularni hukumat idoralaridan siqib çiqarişga muvaffaq bölişdi. 

Içki işlar vazirligi xabariga köra, tartibsizliklar oqibatida xavfsizlik xizmatining bir xodimi halok böldi, 700dan ortiq kişi jarohatlandi.