«Uztrade Mazari-Sharif Trading House» savdo uyi qoşida doimiy faoliyat yurituvçi «şou-rum» taşkil etilgan bölib, unda özbek işlab çiqaruvçilarining keng namunadagi mahsulotlari namoyiş qilinadi. Umuman «Uztrade» kompaniyasining 2017 yilda Afğonistonga umumiy eksporti 23,4 mln AQŞ dollarini taşkil etdi. «Uztrade» AJ boşqaruvi raisi Şarof Rahmonov Xalqaro Simpoziumlar saroyida bölib ötgan anjumanda şu haqda ma'lum qildi.

Uning sözlariga köra, Özbekistonning 9 viloyatidan 26ta korxona eksport faoliyatiga jalb etilgan. 20 turdagi yangi mahsulotni eksport qiliş özlaştirilgan bölsa, jami esport qilinadigan mahsulotlar soni 200dan ortadi. Afğoniston prezidentining Özbekistonga davlat taşrifi doirasida «Uztrade» kompaniyasi afğon hamkorlar bilan 2018-2019 yillarga möljallangan 64,8 mln dollarlik eksport şartnomalarini imzoladi.
Mazkur savdo bitimi ijrosiga Özbekistonning 12 hududidan 50ta yangi korxona jalb etiladi. Yangi turdagi 40ta mahsulot eksportini özlaştiriş rejalaştirilmoqda. Jami mahsulotlar turi esa, 300dan oşişi kutilmoqda.



Bundan taşqari, savdo uyining Kobul, Qunduz, Hirot, Qandahor, Şibirğon va boşqa şaharlarida 8ta yangi bölimini oçiş rejalaştirilgan. Farmatsevtika sanoati, maşinasozlik va mebel işlab çiqaruvçi korxonalar ham eksport faoliyatiga jalb etilgan.









