Maktabgaça va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi 31-maktabda öqituvçi ayollar kaltaklanişiga munosabatini bildirib, bu holatni «juda açinarli» deb atadi. Uning videomurojaati vazirlik matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan.
«Surxondaryo viloyati Uzun tumanida bölib ötgan bu holatni körib, töğrisi, özim juda dahşatga tuşdim. Hurmatli yurtboşimiz tomonidan ustozlarga, ayollarga bölgan e’tibor paytida ustozlarimiz, ziyolilar qatlamida şunday işlar bölayotgani, ustozlar orasida bir-biriga qöl kötarilişi juda açinarli holatdir», degan vazir.
Umarovaning aniqlik kiritişiça, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodagi muştumzör şu maktab öqituvçisi hisoblanadi.
«Hozirda erkak ustozimiz huquq-tartibot organlari tomonidan nazoratga olingan va jazosiz qolmaydi. Ikki ayol öqituvçi esa hozirda şifoxonada, vazirlik nazoratida, şaxsan özim ham nazorat qilib turibman.
Hurmatli ustozlar, hurmatli pedagoglar, hurmatli ziyolilar, biz bunday holatlarga tuşişimiz juda açinarli va uyatli. Bizda ajdodlarimiz qoni oqmoqda, bunday holatlarga yöl qöymasligimiz zarur», degan u.
Bundan avvalroq Boş prokuratura Uzun tumanidagi maktabda ayol öqituvçilarni urgan şaxs qölga olingani, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilgani haqida xabar bergandi.
Ma’lum bölişiça, voqea 14 aprel kuni sodir bölgan, lekin muştumzör voqeadan faqat tört kun ötib, xonadagi kamerada yozib olingan video internetda tarqalganidan keyingina qölga olingan.








