Ijtimoiy tarmoqlarda 18 aprel kuni Surxondaryodagi maktabda 2 nafar ayol öqituvçi bir erkak öqituvçi tomonidan döpposlangani aks etgan videoyozuvlar tarqaldi.
Unda bir guruh xodimlar iştirokida majlis ketayotgani va suhbat orasida boş kiyim (kök rangli kepka) kiyib olgan bir erkak römolli ayolga daftar yoki kitobni uloqtirganini, söng ura ketgani aks etgan. Şundan keyin guvohlar tomonidan ajratilgan erkak xonadan çiqib, yana qaytib kirgan va eşik yonida turgan yana bir ayolga, söng yana römoldagisiga muşt tuşirgan.
Kun.uz holat yuzasidan Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati bilan boğlandi. Vazirlik matbuot kotibi Dilfuza Sobirovaning aytişiça, öqituvçilarga nisbatan zöravonlik aks etgan bu holat Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi 31-maktabda sodir bölgan.
Boş prokuratura ham holatni örgangani va gumonlanuvçi protsessual tartibda uşlangani haqida rasmiy bayonot berdi. Unga köra, holat 2023 yil 14 aprel kuni soat 12:00 larda sodir bölgan.
«Uzun tumanidagi 31-sonli örta ta’lim maktabining direktor xonasida ötkazilayotgan yiğilişda 34 yoşli erkak (öqituvçi) ikki nafar ayol öqituvçi bilan janjallaşib, ularga tan jarohati yetkazgan», deyiladi rasmiy izohda.
Holat yuzasidan 18 aprel kuni Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçi şaxs protsessual tartibda uşlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
















