50, 100, 200 va 500 so‘mlik pullarni almashtirish muddati uzaytirildi
O‘zbekistonda eski namunadagi 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotlar va tangalarni amaldagi pul belgilariga almashtirib berishning oxirgi muddati 2022 yil 1 yanvar etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank axborotida aytilgan.
Qayd etilishicha, aholi qo‘lida hanuz ma'lum miqdorda eski namunadagi 50, 100, 200 va 500 so‘mlik tangalar va banknotlar saqlanib qolmoqda.
Markaziy bank boshqaruvining 2021 yil 9 yanvardagi yig‘ilishida eski namunadagi 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotlar va tangalarni Markaziy bankning Hisob-kitob kassa markazlari tomonidan amaldagi pul belgilariga almashtirib berishning oxirgi muddati 2022 yil 1 yanvar etib belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
“Qo‘lingizda qolib ketgan eski namunadagi 50, 100, 200 va 500 so‘mlik tangalar va banknotlarni 2022 yilning 1 yanvariga qadar Markaziy bankning joylardagi Hisob-kitob kassa markazlarida muomaladagi pul belgilariga almashtirib olishlari mumkinligini ma'lum qilamiz”, — deyiladi axborotda.
Eslatilishicha, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining eski namunadagi 50 va 100 so‘mlik tangalarini, shuningdek, 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotlarini ayirboshlash hamda muomaladan qaytarib olish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan 1997 yil namunasidagi 200 so‘mlik, 1999 yil namunasidagi 500 so‘mlik banknotlar 2020 yil 1 iyuldan qonuniy to‘lov vositasi sifatida o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ularning o‘rniga 2018 yildan buyon 200 va 500 so‘mlik tangalar doimiy ravishda muomalaga chiqarib borilmoqda.
2020 yil 1 iyuldan buyon ushbu nominaldagi banknotlar, shuningdek, 50 va 100 so‘mlik tangalar va banknotlar faqat Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari Hisob-kitob kassa markazlari tomonidan qabul qilinib, muomaladagi pul belgilariga almashtirib berilmoqda.
Tavsiya etamiz
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiyada mehmonxonada sodir bo‘lgan yong‘in qurbonlari soni 76 kishiga yetdi
Jahon | 12:06
-
Tramp: AQSh sun’iy intellektni rivojlanishiga 500 mlrd dollargacha sarmoya kiritadi
Jahon | 12:00
-
“Pulni savatga qo‘y va ketaver” – IIB xodimlari Registonga borgan sayyohdan 50 ming so‘m so‘radi
O‘zbekiston | 11:52
-
Tramp Yevropa Ittifoqi va Xitoyga yangi bojlar bilan tahdid qilmoqda
Jahon | 11:15
Mavzuga oid
08:43 / 16.01.2025
O‘zbekistonda 200 ming so‘m nominaldagi banknotlar ulushi oshdi
16:24 / 28.12.2024
2024 yilda o‘zbek so‘mining dollarga nisbatan qiymati qanday o‘zgardi?
22:00 / 30.11.2024
Rubl va so‘m dollarga nisbatan qadrsizlandi, neft narxi yana arzonlashyapti – xalqaro moliya bozori sharhi
15:14 / 06.09.2024