Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar 15 sentabrgacha ariza bermasa, kontrakt puli to‘lab berilmaydi
Davlat oliygohlarining magistraturasida o‘qiyotgan xotin-qizlarning to‘lov-kontraktini davlat budjetidan to‘lab berish tartibi tasdiqlandi. Jarayon avtomatlashtirilmagan: talabgorlar 15 sentabrgacha rektorga ariza berishi kerak, undan kechikkanlarning arizalari ko‘rib chiqilmaydi va ularning kontrakti qoplab berilmaydi.
Foto: Kun.uz
2022 yil 7 mart kuni imzolangan prezident farmoni asosida, 2022/23 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini davlat budjetidan qoplash belgilangan edi.
Bu yangilikni amalga joriy etish tartibini belgilovchi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, davlat OTMlarining magistratura bosqichiga o‘qishga qabul qilingan va o‘qiyotgan xotin-qizlarga bazaviy to‘lov-kontrakt (stipendiyasiz) summalari to‘liq to‘lab beriladi.
Buning uchun talabgorlar o‘zlari ta’lim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15 sentabriga qadar ariza bilan murojaat qilishi kerak. Shu asosda rektorlar (filial direktorlari) har yili 15 oktyabrgacha tegishli buyruqni qabul qiladi.
Ma’lum qilinishicha, 15 sentabrdan keyin berilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi va to‘lov-kontrakt summalari qoplab berilmaydi.
Bu tartib davlat oliygohlari bilan birga, quyidagilarga nisbatan ham tatbiq etiladi:
- Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi;
- Bosh prokuratura Akademiyasi;
- Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi;
- Bank-moliya akademiyasi.
Bu tartib nodavlat OTMlar va xorijiy OTMlarning O‘zbekistondagi filiallarida magistratura bosqichida tahsil olayotgan talaba xotin-qizlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.
Mavzuga oid
18:25 / 13.01.2026
Harbiy xizmatni o‘taganlarga foizsiz ta’lim krediti beriladi
13:01 / 09.01.2026
Davlat stipendiyalarini tayinlash tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
20:04 / 01.01.2026
Yangi O‘zbekiston universitetining kampusi 200 mln dollarga baholanmoqda
08:45 / 25.12.2025