DW xabariga köra, Lyublin okrug prokuraturasi 12-oktabr kuni Lyublin katolik universiteti talabasi Yaroslav F.ga nisbatan olib borilayotgan tergov haqida maʼlum qilgan.

Prokuratura maʼlumotlariga köra, gumonlanuvçi tasodifan tanlangan bir kişiga piçoq bilan hujum qilib, uni öldirişni rejalaştirgan. Tergovçilar ehtimoliy jinoyat sabablarini irqiy nafrat va Bloody Friday - «Qonli juma» nomli onlayn çellenjda iştirok etiş istagi bilan boğlamoqda.

Tergov universitet rahbariyatining murojaatidan söng boşlangan. Oliygoh xodimlaridan biri seminar iştirokçilari boşqa bir talabaning tajovuzkor va ekstremistik bayonotlaridan xavotir bildirgani haqida xabar bergan.

Prokuraturaning taʼkidlaşiça, Yaroslav F. maşğulotlar davomida jinoyatlarni, jumladan, irqiy adovat asosida sodir etilgan qilmişlarni maqtagan. Şuningdek, u çellenj doirasida odamlarni tanlamasdan öldiriş niyatini bildirgan va boşqa bir talabani ham şunday harakatlarga undagan.

Tergov maʼlumotlariga köra, uning uçta piçoği bölgan: birini özi bilan olib yurgan, uloqtiriş uçun möljallangan yana ikkitasi esa uyidan topilgan. Yaroslav F. qöşimça daromad uçun taksiçilik qilayotgan vaqtida uşlangan.

Prokuratura talabaning ilgari psixiatriya muolajasini olmaganini, kursdoşlari orasida esa bosiq va mulohazali inson sifatida tanilganini bildirgan. AFP agentligi xabariga köra, aybi isbotlansa, unga 15 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanişi mumkin.

Polşada sönggi kunlarda taʼlim muassasalarida bir neçta hujum ham qayd etilgan. 10-oktabr kuni Varşavadagi kattalar uçun taʼlim muassasalari hududida 21 yoşli öquvçi ikki nafar 17 yoşli qiz va 24 yoşli ayolni jarohatlagan. Jabrlanganlardan biri şifoxonaga yotqizilgan, qolgan ikkisiga joyida yordam körsatilgan.

8-oktabr kuni Leşçidol-Novinidagi boşlanğiç maktabda 15 yoşli ösmir uç kişiga hujum qilgan. Jabrlanganlardan biri - maktabning 37 yoşli xodimi vafot etgan. 7-oktabrda esa Ostrolenkadagi maktabda 19 yoşli yigitning hujumi oqibatida töqqiz kişi jarohatlangan.

Polşa boş vaziri Donald Tusk uşbu hodisalarni şarhlar ekan, ijtimoiy tarmoqlar va videoöyinlar ösmirlarni hujumlarga undagan bölişi mumkinligini aytgan. Bu uning bahosi bölib, keltirilgan xabarda mazkur hodisalarning Yaroslav F. işi yoki «Qonli juma» çellenji bilan boğliqligi tasdiqlanmagan.