Prezident iştirokidagi xotin-qizlar masalalariga bağişlangan videoselektorda qizlar ta’limi uçun bir qança imtiyozlar berilişi ma’lum qilindi. Kun.uz ayollar ta’limi uçun Özbekistonda mavjud imkoniyatlarni jamlagan holda taqdim etadi.

Ta’lim imtiyozlari

  • yangi öquv yilidan boşlab magistraturada öqiyotgan qizlar kontrakt puli töliq budjetdan qoplab beriladi (23 ming nafar qizlarga 200 milliard söm);
  • har yili 50 nafar qizlar nufuzli xorijiy oliygohlarga bakalavr va 10 nafari magistraturaga yuboriladi;
  • har bir viloyatda ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yöqotgan 150 nafar qizlar (jami 2,1 ming nafar) ta’lim kontrakti mahalliy budjetdan tölab beriladi;
  • yoş farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy öqişga şaroit yaratiladi;
  • doktorantura yönalişida xotin-qizlar uçun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratiladi;
  • har yili xotin-qizlar talaba bölişiga kvotaning kamida 50 foizi aniq fanlar, texnika va huquqşunoslik yönalişlari uçun maqsadli ajratiladi;
  • yangi öquv yilidan boşlab oliygoh, texnikum va kollejlarda öqiyotgan qizlarga ta’lim kontraktlarini tölaş uçun ilk marta 7 yil muddatga foizsiz kredit beriş joriy qilinadi.

Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, hozirça bu yangiliklarning işlaş mexanizmi işlab çiqilyapti.

Öqişga kiriş imtiyozlari

2021 yilda Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi tavsiyanomalari asosida 2 ming nafar ehtiyojmand oilalar qizlari qöşimça grant asosida talabalikka qabul qilindi. 2020 yilgi qabulda bunday xotin-qizlar uçun 940 ta grant örni ajratilgandi.

Tavsiyanoma quyidagi toifadagi xotin-qizlarga beriladi:

  • kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar;
  • töliqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;
  • turmuş örtoği vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolğiz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;
  • nogironligi bölgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;