Plenumda partiyaning 2023 yilgi faoliyati yakunlari hamda 2024 yilgi faoliyat yönalişlari muhokama qilindi. 

Şuningdek, plenumda taşkiliy masala körib çiqildi. Özbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengaşi raisi Bahrom Abduhalimov öz arizasiga muvofiq, siyosiy kengaş a’zolarining oçiq ovoz beriş yöli bilan partiya siyosiy kengaşi raisi lavozimidan ozod etildi.

Partiya raisligiga Robaxon Mahmudova nomzodi körib çiqilib, siyosiy kengaş a’zolari tomonidan oçiq ovoz beriş yöli bilan saylandi.

Robaxon Mahmudova 1958 yilda Farğona şahrida tuğilgan, 1983 yilda Toşkent davlat universitetining «Huquqşunoslik» fakultetini tamomlagan. Muqaddam Jinoyat işlari böyiça Farğona viloyati sudi raisi lavozimida işlagan, 2017-2020 yillarda Özbekiston prezidentining Farğona viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri bölgan.

2020 yil yanvarida Farğona viloyatidan senator etib saylangan, keyinroq Senatning Fan, ta’lim, soğliqni saqlaş masalalari qömitasi raisi lavozimiga saylangandi.

U 2020 yil iyul oyidan buyon Özbekiston Oliy sudi raisining birinçi örinbosari – Ma’muriy işlar böyiça sudlov hay’ati raisi lavozimida işlab kelayotgandi.

Robaxon Mahmudova 2023 yil iyun oyida ötkazilgan navbatdan taşqari prezidentlik saylovida nomzod sifatida iştirok etgandi.