3 iyul kuni Toşkentda Oliy sud Plenumi majlisi bölib ötdi. Oliy sud raisi Robaxon Mahmudova raislik qilgan yiğilişda Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunçilik palatasi deputatlari, Oliy sud va quyi sudlarning sudyalari, Boş prokuror, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengaşi, Oila va xotin-qizlar qömitasi, Sudyalar assotsiatsiyasi va Advokatlar palatasi raislari, Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça va Bola huquqlari böyiça vakillari, manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari, huquqni muhofaza qiluvçi organlar mas’ul xodimlari, huquqşunos olimlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Robaxon Mahmudova majlisni oçar ekan, «Bugun amalga oşirilayotgan islohotlar natijasida odil sudlov izçil raqamlaştirilmoqda, sud jarayonlari oçiq, şaffof va nazoratli bölib bormoqda. Prezidentimiz qayta-qayta ta’kidlaganlaridek, odamlar sudga oxirgi umid sifatida keladi va sud ostonasiga qadam qöygan har bir inson Yangi Özbekistonda adolat hukm surayotganiga işonç hosil qilişi kerak. Bunday işonçni qozoniş uçun sud amaliyotini töğri yölga qöyiş hamda qonuniy, adolatli va asoslantirilgan qaror qabul qilinişini ta’minlaş talab etiladi. Şu sababli, Oliy sud Plenumi tomonidan beriladigan tuşuntirişlar katta ahamiyatga ega», dedi.
Yiğilişda Oliy sud Plenumining «Sudlar tomonidan fuqaroni muomala layoqati çeklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topiş bilan boğliq işlarni körib çiqiş amaliyoti töğrisida», «Fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy sudlar tomonidan da’voni ta’minlaş (dastlabki himoya) çoralarini körişning ayrim masalalari töğrisida» hamda «Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Özbekiston Respublikasi Oliy xöjalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qarorlari qabul qilindi.
Oliy sud Plenumining bugun qabul qilingan «Sudlar tomonidan fuqaroni muomala layoqati çeklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topiş bilan boğliq işlarni körib çiqiş amaliyoti töğrisida»gi Qarori bu toifadagi işlarni körişda sudlar tomonidan qonunçilik hujjatlarini bir xil va töğri qöllaşni ta’minlaş maqsadida işlab çiqildi. Konstitutsiyada inson huquqlari oliy qadriyat sifatida e’tirof etilgan bölib, heç kim insonning huquq va erkinliklarini sud qarorisiz çeklaşga yoki ulardan mahrum etişga haqli emas. Mazkur konstitutsiyaviy kafolatlar, ayniqsa, ruhiy holati tufayli öz harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boşqara olmaydigan şaxslarning huquqlarini muhofaza qilişda alohida ahamiyatga ega. Zero, fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topiş yoki uning muomala layoqatini çeklaş insonning eng muhim huquq va erkinliklariga bevosita daxl qiluvçi masaladir. Şu ma’noda, qabul qilingan Plenum qarori inson huquqlariga bevosita daxl qiluvçi uşbu toifadagi işlarni körib çiqişda sudlar uçun yagona va aniq huquqiy yondaşuvlarni belgilaşga qaratilgan. Bu esa fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilişning muhim kafolatidir. Xususan, Plenum qarorida sub’yektlar doirasi va sudga murojaat qiliş tartibi, fuqaroning muomala layoqatini çeklaş asoslari, voyaga yetmaganlarning muomala layoqati masalasi, şaxsning şikoyat qiliş huquqi va kafolatlari hamda prokuror va vasiylik organi iştiroki yuzasidan tuşuntirişlar berilmoqda.












