«Bekatlar shunchaki kutish joyi bo‘lmasligi kerak» - Prezident Toshkent yerusti metrosining ilk bekatlaridagi o‘zgarishlar bilan tanishdi
Bugun, 24 oktabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropoliteni Sergeli yo‘nalishining qurilishini ko‘zdan kechirdi va Toshkent metropolitenida yo‘lovchilarga yaratiladigan sharoitlar bilan tanishdi.
Davlat rahbari «Olmazor» bekati yaqinida bo‘lib, qurilish ishlarining borishini ko‘zdan kechirdi. Sergeli tumanining rivojlanib borayotgani, yangi ko‘p qavatli uylar qurilayotgani nuqtai nazaridan bu metro yo‘nalishi ulkan ahamiyatga ega ekanini ta'kidladi. Yo‘lovchilarning metropolitengacha yetib olishi va metroda harakatlanishi uchun yaratiladigan sharoitlar bilan qiziqdi.
Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumaniga tashrif buyurib, yerusti halqa metrosining qurilishi bilan ham tanishdi.
Metropolitenning «Do‘stlik» bekatidan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan 11 kilometrlik yerusti metrosi ham qurilmoqda.
Sergeli yo‘nalishi esa Chilonzor yerosti liniyasining "Olmazor" bekatiga ulanadi.
Davlat rahbari Yashnobod tumaniga tashrif buyurib, «Do‘stlik-2» va «Ohangaron» bekatlarida yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev «Do‘stlik» bekatidan «Ohangaron» bekatigacha poyezdda borib, yerusti metrosining ilk yo‘lovchisi bo‘ldi.
«Biz bu ishlarni aholi talabini inobatga olib va kelajakni o‘ylab qilyapmiz. Agar bugun qilmasak, shaharda tirbandlik yana ortadi. Jamoat transporti har tomonlama qulay va arzon, avtomashinada yurishdan ko‘ra afzal bo‘lishi kerak», dedi Prezident.
Toshkent metropoliteni bekatlari yo‘lovchilar uchun shunchaki kutish joyi bo‘lmasligi kerakligi ta'kidlandi.
«Metropoliten bekatlari va yerusti metrosining atrofi nafaqat obod bo‘lishi, balki aholi dam olib, hordiq chiqaradigan, oilaviy kelib sayr qiladigan manzilgoh ham bo‘lishi kerak. Bu yerda tadbirkorlarimiz savdo majmualarini ochishsin», deya Prezident Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
18:52 / 23.11.2024
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
16:37 / 23.11.2024
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
15:15 / 23.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Yangihayotda barpo etilayotgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida bo‘ldi
13:42 / 23.11.2024