1 iyuldan boshlab yo‘l bo‘yida joylashgan maktablar oldida video-fotoradarlar o‘rnatiladi
2024 yil 1 iyuldan boshlab yo‘l bo‘yida joylashgan maktablar oldida, kamida to‘rt tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida, YTH o‘choqlarida, temiryo‘l kesishmalarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari bosqichma-bosqich o‘rnatiladi.
“Yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
2024 yil 1 iyuldan boshlab yo‘l bo‘yida joylashgan maktablar oldida, kamida to‘rt tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida, yo‘l-transport hodisalari o‘choqlarida, temiryo‘l kesishmalarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi tomonidan “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bosqichma-bosqich o‘rnatiladi.
Bunda:
- maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) tomonidan belgilanadigan joylarga o‘rnatiladi;
- maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatiladigan joylar YHXX tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilishlari hamda yo‘l-transport hodisalarining tahlilidan kelib chiqib belgilanadi.
Yo‘l bo‘yida joylashgan maktablar oldida, kamida to‘rt tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida, yo‘l-transport hodisalari o‘choqlarida, temiryo‘l kesishmalarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Transport vazirligi ikki oy muddatda xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan temiryo‘l kesishmalarini xatlovdan o‘tkazib, manzilli ro‘yxatni shakllantiradi hamda Ichki ishlar vazirligiga taqdim etadi.
Ichki ishlar vazirligi 2024-2026 yillar davomida “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi doirasida yo‘l bo‘yida joylashgan maktablar oldida, kamida to‘rt tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida, yo‘l-transport hodisalari o‘choqlarida, temiryo‘l kesishmalarida yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini manzilli ro‘yxat asosida o‘rnatish hamda “Xavfsiz shahar” tizimlariga integratsiya qilish choralarini ko‘radi.
Mavzuga oid
11:56 / 06.11.2024
Inson matonati: 22 yil davomida tog‘ni yo‘nib yo‘l ochgan odam
21:17 / 25.10.2024
Qo‘ng‘irot–Beyneu yo‘lining 240 kilometrlik qismi foydalanishga topshirildi
09:30 / 11.10.2024
Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘li 6 yil muddatda quriladi
10:06 / 19.09.2024