PPX rahbariga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari Amanbay Orinbayev O‘zbekiston Respublikasi IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – jamoat tartibini saqlashni tashkillashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Shuningdek, bir qator viloyatlarda IIB boshliqlariga yangi o‘rinbosarlar tayinlangan.
Ichki ishlar vazirining 25 fevraldagi buyrug‘i bilan tizimda bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Vazirlik matbuot xizmati xabar berishicha, podpolkovnik Amanbay Tleubayevich Orinbayev IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – jamoat tartibini saqlashni tashkillashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
U 2019 yilning martidan buyon Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Endi u 2019 yil noyabrida Baxtiyor Pormonov o‘rniga PPX rahbari etib tayinlangan polkovnik Bekmurod Tojimirzayevich Abdullayevga o‘rinbosarlik qiladi.
Polkovnik Muzaffar Muxammadsolixovich Muxammadjonov IIV Nazorat-taftish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Tayinlovga qadar M.Muxammadjanov Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari - moliya va moddiy - texnika ta'minoti boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik Azimjon Yusupovich Xoliqov Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar A.Xoliqov Buxoro tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik Sherzod Shokirovich Ibragimov Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Sh.Ibragimov Navoiy viloyati IIB Patrul - post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik Xabibulla Ubaydullayevich Gaziyev Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari - moliya va moddiy - texnika ta'minoti boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar X.Gaziyev IIV Moliya va moddiy - texnika ta'minoti bosh boshqarmasi moliya - iqtisod boshqarmasi ish haqini me'yorlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Polkovnik Ismoil Ibragimovich Himmatov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari - moliya va moddiy - texnika ta'minoti boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar I.Ximmatov IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi, Voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini tashkil etish hamda jamoatchilik uyushmalari bilan hamkorlik qilish boshqarmasi, jamoat uyushmalari bilan hamkorlik qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Mavzuga oid
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
17:52 / 11.12.2024
Timur Ishmetov Markaziy Bank raisi etib tayinlandi
15:57 / 10.12.2024
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
18:28 / 06.12.2024