Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Oldinlari odamlar uyida paypoqsiz o‘tirardi, hozir bunday emas” – issiqlik ta’minoti nega susaygan?
Toshkent issiqlik markazi direktori Bekzod Buronboyevga ko‘ra, “energosamaradorlik” sabab issiqlik markazlarining gazdan foydalanishi kamaygan, buning fonida taqsimlanayotgan issiqlik energiyasi harorati ham pasaygan. Kun.uz bilan suhbatda bo‘lgan mutaxassislar xonadonlarga berilayotgan issiqlik ta’minoti haroratini qayta ko‘rib chiqish kerakligini aytmoqda.
10 fevral kuni Kun.uzʼda havo ifloslanishi haqidagi mutaxassislar bilan olib borilgan tahliliy suhbat e’lon qilindi. Suhbat davomida mavzudan tashqari, poytaxtdagi ko‘p qavatli uylarga markazlashtirilgan tartibda uzatilayotgan issiqlik harorati haqida ham gapirib o‘tilgan. Tahririyat intervyuning bu qismini alohida e’lon qilishga qaror qildi.
Unda “Toshkent issiqlik markazi” MChJ direktori Bekzod Buronboyev IES hamda issiqlik markazlari “energosamarador” rejimda ishlayotganini, buning fonida kamroq gaz ishlatilayotganini qayd etgan. Mas’ulga ko‘ra, 1963 yilda ishga tushirilgan Toshkent IESning birinchi energobloki 1 mlrd 100 mln metr kubdan 2024 yilda 850 mln metr kub gaz ishlatgan bo‘lsa, xuddi shu tendensiyada issiqlik markazlari ham yiliga o‘rtacha 200-250 mln metr kub kam gaz yoqmoqda.
Iqlimshunos Erkin Abdulahatov bunday vaziyatda issiqlik energiyasining harorati pasayib ketganiga e’tibor qaratgan. Buronboyev buning tasdig‘i sifatida harorat 20-30 yildan oldingiga nisbatan pastroq ekanini ma’lum qildi.
Intervyuning to‘liq shaklini yuqoridagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Dilshoda Shomirzayeva tayyorladi.
Mavzuga oid
09:15 / 13.12.2025
Qoraqalpog‘istonda 5 km chuqur quduqdan sanoat miqyosida gaz chiqdi
14:30 / 11.12.2025
Korxonalarda issiqlik xo‘jaligini yuritish bo‘yicha yangi me’yorlar joriy etiladi
13:20 / 03.12.2025
YeI 2027 yilgacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechish rejasini kelishib oldi
10:42 / 03.12.2025