Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot mahsulotlarini taşqi bozorlarga çiqariş samaradorligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga köra Özbekiston Respublikasi Taşqi savdo vazirligiga quyidagi qöşimça funksiyalar yuklatilmoqda:

  • meva-sabzavot mahsulotlari eksporti sohasidagi faoliyatni muvofiqlaştiriş;
  • salohiyatli hamkorlar izlaş, an'anaviy va yangi sotiş bozorlariga çiqiş uçun imkoniyatlar yaratiş, şuningdek, zarurat bölganda eksport şartnomasi bajarilişini uslubiy jihatdan qöllab-quvvatlaş orqali meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oşirişga amaliy yordam körsatiş;
  • taşqi bozorlarda meva-sabzavot mahsulotlarining narx kon'yunkturasini tizimli asosda örganiş, şu jumladan, hududlarga çiqqan holda meva-sabzavot mahsulotlari yetiştiruvçilar va eksport qiluvçilar bilan har oyda uçraşuvlar ötkaziş, şuningdek, örganiş natijalari, xususan, meva-sabzavot mahsulotlari eksport narxlari darajasi töğrisidagi ma'lumotlarning öz rasmiy veb-sayti va boşqa ommaviy axborot vositalarida çop etilişini taşkillaştiriş;
  • har oyda meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvçilarga asosiy sotiş bozorlari böyiça tahlil natijalari va prognozlarini, xususan, narx kon'yunkturasining özgarişlari, belgilangan punktlar kesimida yuklaş hajmlari hamda meva-sabzavot mahsulotlarini import qilişda texnik talablar töğrisidagi ma'lumotlarni öz rasmiy veb-sayti va boşqa ommaviy axborot vositalarida joylaştiriş orqali taqdim etiş.