Özbekistonda aholiga gaz va elektr energiyasi iste’moli uçun “ijtimoiy norma” kiritilmoqda. Prognozlaştiriş va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori Umid Obidxöjayev davlatning hammaga subsidiya tölaşda davom etişi normal holat emasligi, bu mablağlarni muhimroq bölgan boşqa sohalarga yönaltiriş kerakligi haqida gapirdi.
“Birinçi navbatda tarif islohotining mohiyatini tuşunib olişimiz kerak. Buning tagida adolat va manzillilik yotibdi. Bu auditoriyada davlatdan subsidiya olmagan birorta inson yöq. Ötirgan vazir örinbosarlari ham, moderator ham, umuman hammasimiz elektr energiyani iste’mol qilayotganimizda yordam olamiz. Şu narsa töğrimi yoki notöğrimi degan savolni özimizga berib köraylik.
Ikkinçidan, davlat tomonidan körsatilayotgan yordam manzilli bölişi kerakmi yoki yoppasiga hammamizga berilişi kerakmi? Bu narsa manzilli bölişi kerak. Masalan, mening oldimga bir inson kelib, yordam söramoqda. Balkim undan-da yordamga muhtoj bölgan odamlar ham bordir. Şuning uçun ijtimoiy norma tuşunçasi kiritilmoqda va bu miqdor 250 kVt soat etib belgilanmoqda. Şu miqdorgaça iste’mol qiladigan aholi kamroq tölaydi, undan yuqori hajmda iste’mol qilganlar, xususan uç qavatli uyida issiq poli, elliktalab konditsioneri bölganlar esa köproq tölaydi.
Ikkinçi masala. Keyingi beş yilda uçta: ta’lim, tadbirkorlik va ijtimoiy himoya yönalişlarida işlab, kambağallikni ikki barobarga qisqartiriş rejalaştirilmoqda. Ammo hamma narsani ijtimoiy himoyaga boğlab qöya olmaymiz, yangi iş örinlarini yaratişimiz kerak.
Transformator haqida savol berildi. Bizning hisob-kitoblarimizga köra, transformatorlarning yuklanganlik darajasi ba’zi bir viloyatlarda 80 foizdan yuqori, texnik normasi 80 foiz. Işlab çiqariş quvvatlari 2017 yilda 61 mlrd kVt soatni taşkil etgan bölsa, hozirda bu 72 mlrd kVt soatga yetdi. Endi işlab çiqarilgan narsa bor, ammo uni aholiga yetkazib beriş kerak. Buning uçun transformatorlar kerak va ularning yuklanganlik darajasi oşib bormoqda.
2021-2023 yillarda amalga oşirilişi kerak bölgan 284 trln sömlik investitsiya loyihalari bor. Andijon şahri böyiça 16 mingta, Çirçiq şahri böyiça 1,7 mingta iş örni yaratişimiz kerak. Hozirgi kunda birorta biznes bormi elektr energiyasiz işlaydigan? Biz kafolatli tarzda ularga elektr energiya yetkazib berişimiz kerak. Yildan yilga aholi soni oşyapti.
Birorta insonga elektr energiya narxining oşişi yoqmaydi. Bu – energetika tizimini soğlomlaştiriş uçun kerak böladigan aççiq bir dori. Şu narsadan ötişimiz kerak. Natijada ta’minot hozirgi holatga nisbatan yaxşilanadi. Kirim bölmasa, çiqim ham bölmaydi-ku. Tizimni yaxşilaş uçun qayerdandir oqim kerak. Odamlarga tariflarni nisbatan yengilroq qilaylik, soliqlarni oşirmaylik deb, xorijiy investorlarni jalb qilmoqçi bölsak ham, hamma narsa borib hozirga tariflarga taqaladi. Daromad yöq bölsa, heç qaysi investor bu sohaga kirmaydi.






