Boşlanğiç 20 foizlik tölov, yillik 7 foiz ustama va zavod bilan “pryamoy” aloqa – Toşkentda 16 kun oldin davlat röyxatidan ötgan “Halal Auto Leasing kompany” MÇJ odamlarni şu şartlar asosida maşina olib berişga işontirmoqda. “Islom moliya talablari asosida” faoliyat yuritişini aytayotgan firma hatto UzAuto Motors’da ham yöq bölgan bir paytda yangilangan Cobalt maşinasini yetkazib beriş böyiça mijozlar bilan şartnoma tuzmoqda. Mijozlar xatto “Xitoydagi avtomobil kompaniyalari bilan aloqamiz bor” deya işontirilmoqda. Bu “töplayman-u, qoçaman” ssenariysidagi navbatdagi firibgarlik bölişi mumkin.

 

Toşkent şahrida oçilgan “Halal Auto Leasing kompany” MÇJ odamlarni oson şartlarda avtomaşina olib berişga işontirmoqda. Firmaning ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan reklamalarida mijozlarga bir neça turdagi avtomobillar yillik 7 foizlik ustama va 1 yildan 5 yilgaça bölib tölaş şarti bilan olib berilişi va’da qilinyapti.

Avtolizing firmasi aytayotgan şartlar Özbekiston şaroitidagi iqtisodiy qoidalarga mutlaqo mos kelmaydi. Bu esa mazkur firma odamlarni çuv tuşirişga urinayotgan navbatdagi “qopqon” ekani haqida şubhalarni uyğotadi. Bunday deyişimizga bir neçta asoslar bor.

Yöq firma bilan boşlangan faoliyat

Oçiq manbalarga köra, “Halal Auto Leasing kompany” MÇJ 2024 yil 31 oktyabr kuni davlat röyxatidan ötgan. Uning ta’sisçisi Yöldoşev Ixtiyorjon Obidjon öğli.

Biroq avtolizing firmasining Telegram’dagi kanalida 25 oktyabr kuni “ilk mijozi” qöliga maşina kalitini olgani, şuningdek, 27 oktyabr kuni mijozlardan biri Damas maşinasi xarid qilgani haqida postlar e’lon qilingan.

Firma mijozlariga taqdim etayotgan şartnomaga köra, maşina 20 kundan 105 iş kunigaça yetkazib beriladi. Demak, 25 oktyabrda maşina kalitini qölga kiritgan mijoz kamida 1 oktyabr kuni MÇJ bilan şartnoma tuzgan bölişi kerak. MÇJ 31 oktyabr kuni davlat röyxatidan ötgan bölsa, unda “ilk mijoz”ga Damas qanday olib berildi?

Zavodda yöq Cobalt’ga şartnoma firmada “bor”

Cobalt sotib oliş uçun UzAuto Motors bilan şartnoma tuzişning özi bir muammo. Oxirgi marta 2024 yilning 17 iyul kuni Cobalt uçun bir kunga onlayn şartnoma tuziş imkoniyati oçilgandi. Qolaversa, UzAuto Motors Cobalt'ning yangilangan versiyasi 2025 yildan boşlab sotuvga çiqarilişini, şartnoma ham 2025 yildan berilişini ma’lum qilgan.

Ammo “Halal Auto Leasing kompany” MÇJ heç ikkilanmasdan odamlar bilan ularga yangilangan versiyadagi Cobalt yetkazib beriş böyiça şartnoma tuzmoqda. Yetkazib beriş muddati 105 iş kunigaça. Dastlabki tölov esa 29,5 mln söm.

Bundan taşqari, şartnomada mijozdan avtomobil oliş uçun hujjatlarni yiğiş (reklamada esa faqat fuqarolik pasporti kerakligi körsatilgan), tayyorlaş va rasmiylaştiriş uçun xizmat sifatida 995 ming söm undiriş belgilangan. Şuningdek, mijoz hali mavjud bölmagan (va bölişi ham katta şubha ostidagi) maşina uçun:

- röyxatdan ötkazişga (!) 2 mln 325 ming söm;

- texnik pasportga 238 ming söm;

- davlat raqam belgisiga 1 mln 190 ming söm;

- hisob ma’lumotnomasiga 40 ming söm;

- bank komissiyalariga 360 ming söm;

- YHXBga ariza uçun 34 ming söm tölaşi kerak böladi.

Özini “Halal Auto Leasing kompany” MÇJ menejeri deb taniştirgan Ibrohim ismli xodimning tuşuntirişiça, avtolizing firmasi maşinani UzAuto Motors bilan özaro şartnoma qilgan holda oladi va notarius orqali taqiq qöyib, mijoz nomiga ötkazib beradi.

UzAuto Motors’ning munosabat bildirişiça, “Halol Avtolizing”, ya’ni “Halal Auto Leasing kompany” MÇJ “UzAuto Motors” AJ rasmiy dileri emas hamda unga heç qanday aloqasi yöq.

Platforma.uz kanalida ayni şu mazmunda e’lon qilingan postga avtolizing firmasi şunday munosabat bildirgan:

“Biz UzAuto Motors kompaniyasi maşinalarini sizga rasmiy diler sifatida emas, “Halol Avtolizing” (alohida lizing kompaniya) kompaniyasi sifatida bölib tölaşga berişimizni bildiramiz. Biz şuni ta’kidlaşni istaymizki, “Halol Avtolizing” heç qanday firibgarlikka aloqador emas va öz mijozlariga qonuniy hamda şaffof xizmat körsatadi.

“Halol Avtolizing” mustaqil lizing kompaniyasi bölib, barça jarayonlarimiz qonunçilikka mos tarzda amalga oşiriladi”.

UzAuto Motors maşinalariga şartnomani faqatgina fuqaroning şaxsiy kabineti orqali onlayn tuziş mumkin. “Halal Auto Leasing kompany” MÇJ qanday qilib rasmiy diler bölmagan holda UzAuto Motors’dan Cobalt olib, mijozga rasmiylaştirib berişi tuşunarsiz.

“Biz pryamoy zavoddan olib beramiz”

Bu “Halal Auto Leasing kompany” MÇJning mijozlarga aytayotgan va’dasi. Firma reklamalariga e’tibor qaratilsa, mahalliy işlab çiqaruvçi kompaniya maşinalaridan taşqari çet el maşinalari ham bor.

Kun.uz muxbiri firmaning bir neça xodimlari bilan boğlanib, şubhali bölib qolayotgan jihatlarga aniqlik kiritişga urinib kördi. Afsuski, “barçasi qonuniy, tegişli hujjatlar asosida iş yuritamiz, bizda aldov yöq” kabi umumiy javoblardan nariga ötilmadi.

Yana bir muhim jihat – firma faqat mahalliy hamda xorijda işlab çiqarilgan yangi avtomobillarni olib beriş xizmatini taklif qiladi. Muqaddam foydalanilgan, ya’ni haydalgan avtomobilni mijoz uçun pulini tölab olib bermaydi.

Kun.uz vakili mijoz sifatida avtolizing firmasi ofisiga borib, menejerlar bilan suhbatlaşdi.

Ularning suhbati quyidagiça keçdi:

Kun.uz vakili: “Maşina olmoqçi edim, şartlaringiz qanaqa? BYD ham olib bera olasizlarmi?”.

Firma menejeri: “Olib beramiz, aka. Faqatgina bizda tayyor maşinalar yöq. Zavoddan 20 iş kunidan 105 iş kunigaça çiqişi mumkin maşinangiz. Ozgina kutasiz”.

Kun.uz vakili: “Tayyor maşina olib kelsam, öşani olib bera qolinglar menga”.

Firma menejeri: “Tayyor maşina olsangiz qimmatga tuşib ketasizda. Qimmat-da u”.

Kun.uz vakili: “Nega? Tayyor maşina topaman, şuning 20 foizini tölayman, qolganini sizlar tölab, olib berasizlar”.

Firma menejeri: “Yöq, biz unaqa narsa bilan şuğullanmaymiz”.

Kun.uz vakili: “Sizlarning zavodlar bilan aloqalaringiz yöq-ku. Yoki Xitoy zavodlari bilan ham aloqalaringiz bormi?”

Firma menejeri: “Bor. Hamma maşinadan bemalol çiqarib bera olamiz. Faqatgina sizdan talab qilinadigan narsa sabr qilişingiz kerak böladi”.

Kun.uz vakili: “BYD zavodi bilan sizlarning qanday aloqalaringiz bor?”.

Firma menejeri: “Voy, aka, hammasi bilan aloqamiz bor”.

Kun.uz vakili: “Özlaringiz öşa zavod bilan töğridan töğri şartnoma qilasizlarmi?”

Firma menejeri: “Ha. Avtosalonga çiqsa ham ustiga qöşiladi. Biz esa pryamoy zavoddan buyurtma asosida olib çiqib beramiz”.

Kun.uz vakili: “Maşina kimning nomida turadi?”

Firma menejeri: “Sizning nomingizda böladi. Oldi-sotdi qilmasligingiz uçun taqiq qöyiladi faqat”.

Kun.uz vakili: “Xöp, men tayyor maşina olib kelsam, şunga ötkazib bering”.

Firma menejeri: “Yöq. Biz zavodga özimiz tölov qilamiz. Sizdan oldin navbatda qança navbat bor”.

Kun.uz vakili: “Siz baribir özingizning 7 foiz foydangizni qöyasiz, nima farqi bor?”.

Firma menejeri: “Unaqa narsa bölmaydi, aka. Sizdan oldingi odamlar-çi? Biz uzoği 10-15 kunda qaysi maşinani olmoqçi bölsangiz, öşaning zavodiga tölov qilamiz”.

Maqsadi yillik 7 foizlik ustama hisobidan daromad oliş bölgan kompaniya nega tayyor avtomobilni olib bera qolmasligi ham ğalati.

Yillik 7 foizlik ustama

Firmaning ayni şu va’dasi odamlar uçun taşlangan “xörak” vazifasini ötayotgan bölsa, ajab emas. Negaki, Özbekistonda tijorat banklari tomonidan avtomobil xaridi uçun örtaça yillik 23 foizdan yuqori bölgan kreditlar taklif etilmoqda.

Avtolizing firmasi menejeri “Ibrohim” buni kompaniyaga çet eldan 1 foizlik investitsiya kiritilgani, şuning hisobiga firma maşinani zavoddan özi töliq pulini tölagan holda sotib olib, mijozlarga yillik 7 foizlik ustama asosida berişi bilan izohladi. MÇJ kam foizlik ustama va şartnomada penya (jarima) mavjud emasligini “Islom moliya talablari asosida” degan niqobga örab, odamlarga taqdim qilmoqda.

Yillik arzon ustama odamlarni jalb qiliş rolini bajarsa, dastlabki tölovning bankka topşirilişi göyoki qonuniylik tusini berişga xizmat qilgan. Aslida esa, tölov bank orqali amalga oşirilsa ham “Halal Auto Leasing kompany” MÇJning hisob raqamiga borib tuşadi. Bunda bankda biror bir mas’uliyat yoki majburiyat bölmaydi. Hisobraqamda töplangan pulni istalgan vaqtda birgina tugmani bosiş orqali “qöltiqqa uriş” qiyin iş emas.

Qolaversa, “Halal Auto Leasing kompany” MÇJning daromadi 7 foizlik ustamada ekani ham biznes qoidalariga töğri kelmaydi. Bu foizlar Özbekiston şaroitida soliqlarni qoplaşga yetmaydi, xatto. Firmaning aylanmasi 1 mlrd sömdan oşsa, u QQS tölovçiga aylanadi. Mijozlar bilan tuzilayotgan şartnomada esa bu narsa nazarda tutilmagan.

Firma menejeri “Ibrohim”ning ta’kidlaşiça, hozirgaça 105 nafar mijoz maşina xarid qiliş maqsadida “Halal Auto Leasing kompany” MÇJ bilan şartnoma tuzgan. Ular kamida Damas uçun boşlanğiç tölovni amalga oşirgan bölsalar ham firma hisobraqamida töplangan pul miqdori allaqaçon 1 mlrd sömdan oşib ketgan. QQS tölovçisiga aylaniş esa firmaning yillik 7 foizlik ustama bilan daromad köriş ehtimolini yöqqa çiqaradi.

Burun ostidagi firibgarlik

Bugungi kungaça Özbekistonda odamlar eng köp aldangan firibgarlik turlaridan biri aynan avtomobil oldi-sotdisi hisoblanadi. 3 oy içida 19 mingdan ortiq odam 57 mlrd sömga çuv tuşgan “Avto 60 oy” işi, “Mega Auto Leasin” hamda “Mega Car Leasin” MÇJlar işi bunga misol.

Yaqinda Raqobat qömitasi fuqarolarni avtolizing firmalar bilan şartnoma tuzişda ogoh bölişga, aldanib qolmaslikka çaqirdi. Unga köra, ötgan yillar davomida avtomobillar uçun oldindan tölovlarni amalga oşirgan, biroq belgilangan muddatda maşina yetkazib berilmagan yoki tölangan pullar qaytarib berilmayotgani holati böyiça 2000 ga yaqin murojaatlar kelib tuşgan. Mazkur murojaatlarning asosiy qismi «Umid avto companies» MÇJ, «Orient avto lizing» MÇJ va «Imkon avto» MÇJ, «Mega auto lizing» MÇJ, «AVTO 60-OY» MÇJ, «Avtohamkor 0 foiz» MÇJ va boşqa korxonalar hissasiga töğri keladi.

Bu korxonalar qisqa muddatda yangi avtomobil olib beriş va’dasi bilan iste’molçilarning pul mablağlarini jalb qilib, öz majburiyatlarini boşqa iste’molçilardan jalb qilingan mablağlar evaziga qoplaş va iste’molçilardan olingan pullarni qaytarişni bir yildan ortiq muddatga keçiktiriş (uşlab turiş) kabi holatlarga yöl qöygan.

Uşbu holatlar yuzasidan «Umid auto leasing», «Umid lizing Tashkent», «Umid auto», «Umid avto Tashkent», «Umid avto lizing», «Mega Avto Leasin-Hamkor», «Mega Avto Leasin», «Samo Rimmax Avto», «Rimmax Auto Leasin», «Ishonch Auto Leasin», «Asr Auto Leasin», «Baraka Avto Baraka Business» MÇJlar mansabdor şaxslariga nisbatan huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan jinoyat işlari qözğatilgan.

Ammo burun ostidagi firibgarlik qaçonki yuzlab, minglab odamlar uning töriga tuşib, zarar körgaçgina ma’lum bölmoqda va jinoyat işi qözğatilmoqda.

“Halal Auto Leasing kompany” MÇJ ham davlat röyxatidan ötib, 15 kunda odamlar “tiliga tuşdi”. Ayni şu yönalişdagi oldingi keyslar takrorlanmasligi va köplab odamlar aldanib qolmasligi uçun mazkur avtolizing firmasi taklif qilayotgan şartlar huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan tekşirilişi kerak.

Kun.uz yurtdoşlarimizni yana biror bor ogoh bölişga, aldanib qolmaslikka çaqiradi.

Ruslan Saburov,
Kun.uz