Rossiya Farg‘onadan pomidor va qalampir import qilishga taqiq qo‘ydi
Taqiq sabzavotlarda aniqlangan virus tufayli kiritilgan.

Foto: Stanislav Krasilnikov \ TASS
Rossiya veterinariya va fitosanitariya nazorati bo‘yicha federal xizmati («Rosselxoznadzor») 26 noyabr kunidan boshlab Rossiya Federatsiyasiga O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati hududidan pomidor va qalampir olib kirishni taqiqlaydi. TASS nashri idora xabariga asoslanib xabar qilishicha, bunga sabzavotlarda karantin kasalligi tobamovirus aniqlangani sabab bo‘lgan.
«Veterinariya va fitosanitariya nazorati federal xizmati 2020 yil 26 noyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Farg‘ona viloyatidan Rossiyaga pomidor va qalampir olib kirishga taqiqni joriy etadi. Bunday choralar O‘zbekistonning ushbu hududidan olib kelingan pomidor va qalampirda pomidor mevasining jigarrang burishishi (Tomato brown rugose fruit virus (ToBRFV)) virusi aniqlangani munosabati bilan amalga oshirildi», deyiladi xabarda.
Pomidor mevalarining jigarrang burishishi viruslari, pomidorda dog‘ paydo bo‘lishi va pepino mozaikasi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi kengashi qarori bilan tasdiqlangan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi karantin obektlarining yagona ro‘yxatida mavjud emas.
«Rosselxoznadzor» Rossiyada issiqxonada sabzavot yetishtirish uchun ushbu viruslar zararli ekanini hisobga olib, 2020 yil 27 iyuldan boshlab vaqtincha karantin fitosanitariya chorasi sifatida eksport qiluvchi mamlakatlardan Rossiyaga keluvchi pomidor va qalampir urug‘lari, ko‘chatlari va mevalarida uning mavjud bo‘lmasligi talabini kiritdi.
Talab ushbu viruslar Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi karantin obektlarining yagona ro‘yxatiga kiritilguniga qadar amal qiladi. Shu bilan birga, idora ko‘rsatilgan zararkunanda organizmlarni yagona ro‘yxatga kiritish masalasini zudlik bilan ko‘rib chiqishni so‘rab, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasiga murojaat qilgan.
Mevaning jigarrang burishishi viruslari (ToBRFV, tobamoviruslar turkumi vakili) sabzavot ekinlariga zarar keltiradi, barglarga dog‘ tushirib, meva deformatsiyasini keltirib chiqaradi.
Agar zararlangan meva sanoat issiqxonasiga tushib qolsa, undagi barcha o‘simliklarning to‘liq nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Sababi korrupsiya bilan bog‘liq» - sog‘liqni saqlash vaziri yaroqlilik muddati juda qisqa dori-darmonlar sotib olinayotgani haqida
O‘zbekiston | 02:22
-
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
-
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
-
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda
O‘zbekiston | 23:11 / 18.04.2025
Mavzuga oid

10:37 / 11.04.2025
Farg‘onada 120 mln dollarga metallurgiya zavodi quriladi

17:46 / 04.04.2025
Farg‘onadagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

09:41 / 22.03.2025
40 metrli quduq tubida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

22:49 / 12.03.2025