Eron Milliy xavfsizlik oliy kengaşi kotibi Ali Larijoniy Tehron Vaşington bilan muzokara olib boriş niyati yöqligini bildirdi.
“Biz Qöşma Ştatlar bilan muzokara olib bormaymiz”, — deb Larijoniy X ijtimoiy tarmoğida yozdi.
Avvalroq The Wall Street Journal Larijoniy muzokaralar taşabbusi bilan çiqqanini va bu taklifni vositaçilar orqali AQŞga yetkazganini yozgan edi.
AQŞ prezidenti Donald Tramp The Atlantic’ga aytişiça, Eronning yangi rahbariyati undan muzokaralarni qayta tiklaşni söragan va u bunga rozi. Tramp sörov kim tomonidan bildirilganini aniq aytmagan.
Ali Larijoniy — uruşning ilk ikki kunidan omon çiqqan Eron rahbariyatidagi eng yuqori lavozimli şaxslardan biri. Eronning oliy rahbari Ali Xominaiy uruşning birinçi kunida öldirilgan, hozir mamlakatni vaqtinçalik kengaş boşqarmoqda.









