Kelişuv Özbekistondagi axborot texnologiyalari, robototexnika va autsorsingni rivojlantiriş sohalarida hamkorlik örnatiş, mamlakatda kompaniya filialini oçiş va IT Park rezidenti maqomini olişni nazarda tutadi.

NUWA Robotics kompaniyasiga 2016 yilda Xitoyda asos solingan bölib, inson bilan özaro çuqur aloqada bölişga qodir robotlarni işlab çiqiş bilan şuğullanadi. Kompaniya sun’iy intellekt, dasturiy va apparat ta’minotlarini yaratiş, robotlar işlab çiqariş va ularning UX-dizayniga ixtisoslaşgan.

Hozirda NUWA Robotics kompaniyasi Tayvan, Xitoy, Yaponiya va boşqa mamlakatlarda öz ofislariga ega. AQŞ, Xitoy, Hindiston va şu kabi 10 dan ortiq mamlakatlardagi korxonalar mazkur kompaniyaning mijozlari hisoblanadi. Kompaniya allaqaçon butun dunyo böylab yigirma mingdan ziyod robotlarni foydalanişga topşirdi. Şuningdek, ularning mahsulotlari esa mingdan ortiq oilalar va ta’lim muassasalari tomonidan qöllanadi.