UzAuto Motors rahbari xodimlarining maosh kamligi haqidagi shikoyatlariga munosabat bildirdi
«Xodimlar naqd 4–5 million so‘m oylik oladi. O‘zbekiston hududida bu maosh yetarli», – degandi kompaniya bosh direktori Rustam Rajabov. Uning bu so‘zlaridan bir necha kun o‘tib kompaniya haydovchilari maoshlar kamayib ketganidan shikoyat qilib ish tashlash o‘tkazdi.

6 mart kuni UzAuto Motors avtomobillarini O‘zbekiston bo‘ylab tashuvchi avtovozlar haydovchilari ish tashlash o‘tkazib, maosh kamligidan shikoyat qilgandi. Xususan, Kun.uz suhbatlashgan haydovchilardan biri oyligi ikki barobardan ko‘proqqa kamayganini aytgandi.
Undan avvalroq, 2–3 mart kunlari Asakadagi avtozavodga press-tur uyushtirilib, matbuot anjumani ham o‘tkazilgandi. Unda Kun.uz muxbiri korxona ishchilaridan oylik kamligi borasida tahririyatga murojaatlar bo‘layotganini aytib, bu borada izoh so‘radi.
Savolga UzAuto Motors bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov va «O‘zavtosanoat» Strategik rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i Rustam Qodirov javob berdi.
«Koreyadagi 400 mingta avtomobil ishlab chiqaruvchi «GM» zavodida to‘rt-besh ming odam ishlaydi. Ishlab chiqarish robotlashtirilgan. Bizda ko‘proq ishchi ishlaydi. Ulardagi yashash sharoiti, maoshlari bilan bizdagi sharoitni solishtirish qiyin.
Yana bir jihatga e'tibor qaratamiz. Bizda ishlab chiqarilayotgan Spark modelini olaylik. Aynan mana shu modelining narxi bizda 7 ming AQSh dollari bo‘lsa, ularda ancha qimmat.
Yaqinda «Nissan» zavodi mutaxassislari ham Sparkning bizdagi narxini ko‘rib hayron qolishdi. Ular: «Nega sizlar dunyoda 10, 15 ming dollar atrofida sotiladigan Sparkni 7 ming dollardan sotyapsizlar», deyishgan.

Mana shu jihatlari bilan solishtirganda, bizning va Koreyadagi ishchilarning oyliklari deyarli bir xil bo‘ladi. Bizning maqsadimiz shundan iboratki, ishlab chiqarishni ko‘paytirib, so‘ng ishchilar maoshini ko‘paytirmoqchimiz.
Mabodo zavodni xuddi Koreyadagidek avtomatlashtirsak, ishchilar oyligi ko‘tariladi, lekin ularning teng yarmini ishdan bo‘shatishga to‘g‘ri keladi», – dedi «O‘zavtosanoat» Strategik rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i Rustam Qodirov.
UzAuto Motors bosh direktori v.b. Rustam Rajabov xodimlarning ijtimoiy himoya paketi haqida to‘xtaldi.

«Avtomobil zavodimizda 11 ming nafar ishchi faoliyat yuritadi. Ulardan 5 ming nafari – yuqori toifadagi mutaxassislar. Biz ularni Koreyada o‘qitganmiz, yilda bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazamiz. Yilda bir marta mehnat ta'tiliga chiqishganida moddiy yordam beriladi. Ishga kelib-ketishga transport, maxsus kiyim-bosh, ovqatlanish – zavod hisobidan. Ishchilarimiz ishga kelib-ketib hech qanday xarajat qilmaydi.
Yil davomida ishchilarga bayramliklar, mukofotlar beriladi. Bir so‘z bilan aytganda, ijtimoiy himoya paketi amalda. Sifatli avtomobil ishlab chiqarilsa, bonuslar qo‘shiladi.
Rahbar sifatida xodimlarning oylik maoshlari miqdori bilan tanishib turaman. Xodimlar naqd 4–5 million so‘m oylik oladi. O‘zbekiston hududida bu maosh yetarli.
Ishchilarimiz oldinlari namunali uylardan olib kelishgan bo‘lsa, hozir mana Asakada Asaka City qurilyapti, ularning maoshi ro‘zg‘oridan oshib, mana shu majmuadan kredit hisobiga uy olishga ham yetadi», – deydi Rustam Rajabov.
Ma'lumot uchun, 6 mart kungi ish tashlashda qatnashgan xodimlardan biri Kun.uz bilan suhbatda maoshi sezilarli kamayib, 3 mln so‘mga tushganini aytgandi. Bundan tashqari, internetda tarqalgan videoda 20 ming so‘m oylik olganini aytgan xodimning gaplariga kompaniya bosh hisobchisi Akmaljon Yoqubov izoh berib, ushbu xodimga fevral oyida aslida 2,6 mln so‘m oylik hisoblanganini (shundan 315 so‘m ming daromad solig‘iga ushlangan) ma'lum qilgandi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropaning oltita davlati «Rossiyaga bosim o‘tkazishni» davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 01:11
-
Britaniyaliklar to‘liq ofisga qaytishdan ko‘ra ishdan bo‘shashni afzal ko‘rmoqda - tadqiqot
Jamiyat | 00:46
-
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston | 00:20
-
Dunyodagi eng yashil shaharlardan biri ekologik maqsadlariga erisha olmagani uchun jarimaga tortildi
Jahon | 23:40 / 31.03.2025
Mavzuga oid

14:22 / 16.01.2025
2024 yilda UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 88 foizga yetdi

16:31 / 10.01.2025
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi

21:14 / 09.01.2025
UzAuto Motors kompaniyasining shvetsiyalik sobiq rahbari yangi ish topdi

18:45 / 27.12.2024