Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Karantin yumshatilishi u bekor qilinganini anglatmaydi» - Maxsus komissiya murojaat bilan chiqdi
O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi 15 avgustdan karantin cheklovlari yumshatila boshlashi yuzasidan murojaat bilan chiqdi.
Foto: KUN.UZ
«Avvalo, mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha fuqarolarga 2020 yil 10 iyuldan buyon joriy etilgan karantin cheklovlariga qat'iy va intizomli ravishda rioya etganlari uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildirmoqchimiz.
Bu koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq holatni barqarorlashtirish imkonini yaratdi.
Ertadan, 15 avgustdan boshlab mamlakatimizda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarning barqaror ishlashini ta'minlash, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida karantin cheklovlari yumshatilmoqda.
Karantin qoidalarini yumshatish uni bekor qilishni anglatmaydi. Kasallanishlar soni ko‘payishining oldini olish maqsadida, komissiya fuqarolar tomonidan shaxsiy himoya choralariga qat'iy rioya qilishni davom ettirishlarini so‘raydi. Shu jumladan:
– jamoat joylarida niqob taqib yurish;
– ijtimoiy masofani saqlash;
– qo‘llarni muntazam yuvish va antiseptik gigiyena vositalaridan doimiy foydalanish.
Ushbu qoidalarga amal qilmaslik kasallikning qayta avj olishiga va natijada qattiq karantin choralari takroran kuchga kiritilishiga olib kelishi mumkin», – deyiladi murojaatda.
Mavzuga oid
12:32 / 02.10.2025
Ayrim chegara punktlari karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishga ixtisoslashtiriladi
18:37 / 20.06.2025
O‘zbekistonda 500 ming gektardan ziyod hududda chigirtka tarqalgani aniqlandi
13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi
10:06 / 16.02.2023