Turli hisob-kitoblarga köra, 2028 yilga borib Markaziy Osiyo suv tanqisligining surunkali bosqiçiga ötadi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining IMEMO Markaziy Osiyo bölimi boşliği Stanislav Pritçin «Markaziy Osiyoda iqlim özgarişi va suvdan foydalaniş muammolari» mavzusidagi davra suhbatida ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, bu kun tartibidagi eng ötkir va dolzarb mavzulardan biridir.

«Soha ança oğir ahvolda. Bu, birinçi navbatda, iqlim özgarişi. Global isiş Markaziy Osiyoda çuçuk toza suvning asosiy manbai bölgan muzliklar zaxiralariga ham ta’sir qiladi. Şunga köra, uzoq muddatda zaxiralar hajmining qisqarişi daryolar oqimiga ta’sir qiladi», dedi Pritçin.

Uning ta’kidlaşiça, aholi sonining ösişi ham vaziyatga ta’sir qilmoqda. Hudud jadal rivojlanmoqda, demografik vaziyat dinamik.

«Umuman olganda, mintaqa aholisi 80 millionga yaqinlaşmoqda. Şu bois, birgina aholi tomonidan toza suv iste’moli allaqaçon qisqarib borayotgan suv xöjaligiga qöşimça bosim omili hisoblanadi. Şu bilan birga, biz eskirgan infratuzilmani körmoqdamiz. Turli hisob-kitoblarga köra, unumsiz foydalanilgani sababli dalalarga yetkazib berişda suğoriş suvining 50 foizigaça nobud bölmoqda», deb qöşimça qildi Pritçin.

Yana bir omil, mintaqaviy boşqaruv amaliyotining moslaştirilmagani.

«Jiddiy vosita, yetarli vakolatlarga ega bölgan davlatlararo institut yöq. Ha, suv taqsimoti böyiça mintaqaviy, ikki va uç tomonlama muzokaralar olib borilmoqda, lekin umuman olganda, suv muammolarini hal qiliş siyosati bilan boğliq vaziyat murakkab. Faqat taqsimlaş bilan emas, balki umumiy strategiyani işlab çiqiş bilan ham şuğullanadigan institutlar yöq. Biz birinçi urinişlarni körmoqdamiz - Qambar-Ota GES böyiça loyihani uçta davlat birgalikda amalga oşirmoqçi. Bu ijobiy qadam, ammo yetarli emas», dedi Pritçin.