Şavkat Mirziyoyev raisligida joylarda qayta tiklanuvçi energiya manbalarini joriy qiliş ahvoli, yoz mavsumida energotizimning barqaror işlaşini ta’minlaş borasida körilayotgan çoralar muhokamasi böyiça videoselektor yiğilişi boşlandi.
Prezident tadbirkorlar, aholi xonadonlari va ijtimoiy obektlarda kiçik quyoş panellari örnatiş böyiça belgilangan vazifalarni bajarişda joylardagi mutasaddilar tomonidan oqsoqlikka yöl qöyilayotganini tanqid qildi.
Jumladan, elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlaş maqsadida ijtimoiy soha va davlat idoralarida quyoş panellari örnatiş böyiça Samarqand, Jizzax, Buxoro viloyatlari yaxşi natija körsatayotgan bölsa, Qoraqalpoğiston, Toşkent şahri, Toşkent, Navoiy viloyatlari ança orqada.
Tumanlar kesimida Sergeli, Çilonzor, Uçtepa, Nukus, Beruniy, Bekobod, Parkent, Piskent, Qiziltepa, Guliston, Sirdaryo, Arnasoy, Bağdod, Furqat, Termiz, Oltinkölda işlar ahvoli qoniqarli emas.
Tadbirkorlar bilan işlaş ahvoli ham birorta hududda talab darajasida emas. Ular tomonidan 790 megavatt quvvat yaratiş reja qilingan bölsa-da, bugungi kunga qadar bor-yöği 50 megavattli quvvatlar işga tuşgan.
Tumanlar kesimida Sayxunobod, Kogon, Jondor, Mirzaobod, Şarof Raşidov, Paxtakor, Yangiariq tumanlari, Yangiyer, Urganç şaharlari hokimlari masalaning içiga kirmagan. Uşbu tuman va şahar hokimlariga hayfsan berilişi, ikki oyda özgariş qilmasa, işdan ketişi belgilandi.
Ayrim hokimlar oson yölni tanlab, qöyilgan vazifani tayyor budjet mablağlari hisobidan bajarişga örganib qolgani körsatib ötildi.












