Soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari Abduhakim Hojiboyev Senatning yalpi majlisida koronavirus bilan kuraşişga jalb qilingan soğliqni saqlaş tizimi muassasalarida mablağlarni noqonuniy özlaştirişga nimalar sabab bölayotgani haqida gapirdi.
«Koronavirus bemorlari davolanayotgan va unga gumon qilinuvçilar karantinga olinadigan muassasalarda davlat budjeti va jamğarmalardan ajratilayotgan mablağlarning maqsadsiz sarflanişi, noqonuniy özlaştirilişi hollari köplab kuzatilmoqda.
Bu muassasalarida işlayotganlarning oylik maoşini kötariş, qöşimça 6 foizlik ustama beriş kabilar belgilangan bölib, bunda qaysidir örinlarda bilib-bilmay xatoliklarga yöl qöyilgan. Mablağlarni noqonuniy özlaştirişning asosiy sabablaridan biri şu.
Yana bir sabab - karantin zonalarida va şifoxonalarda ovqatlanişni taşkil qiliş bilan boğliq. Köp hollarda ovqatlanişni taşkil qilişda oziq-ovqat mahsulotlarning narxini oşiriş va şu orqali mablağlarni noqonuniy özlaştiriş holatlari bölgan.
Soğliqni saqlaş vazirligida içki audit, sifat nazorati va moliyaviy nazorat tizimi yölga qöyilgan bölib, ularning joylardagi vakillariga bu böyiça vaziyatni nazoratga oliş topşiriği berilgan», deya vazir örinbosarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Qayd etilişiça, ötgan yarim yillikda soğliqni saqlaş tizimida 285ta holatda 14 mlrd söm mablağning noqonuniy özlaştirilişi va maqsadsiz sarflanişi hollariga yöl qöyilgan.
Senat raisi bu masalaga nisbatan murosasiz bölişga çaqirdi.
«Davlat rahbarining qarori asosida koronavirusga qarşi kuraşga jalb qilinganlarning maoşlari kötarildi. Şuningdek, respublikada korrupsiyaga qarşi kuraş işlari yangi bosqiçga olib çiqilgan. Şu bois, soğliqni saqlaş tizimida qat'iy nazorat mexanizmlari işlaşi, mablağlar bilan noqonuniy harakatlarga nisbatan murosasiz munosabatda böliş lozim», dedi Tanzila Norboyeva.
- Ma'lumot uçun, Andijon viloyati SEOMda 159 million sömlik, Qaşqadaryo viloyati SEOMda qariyb 918 million sömlik budjet mablağlari talon-toroj qilingani xabar berilgan edi. Bundan taşqari, Navoiy viloyati SEOM mansabdor şaxslari Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarşi kuraşiş jamğarmasi hisobidan ajratilgan 500 million sömdan ortiq mablağni özlaştirgan. Qoraqalpoğiston Respublikasi Xöjayli tumanidagi SEOMni ta'mirlaş işlarida 189,2 million söm mablağ talon-toroj qilingan. Namangan viloyat SEOM mansabdor şaxslari esa 250 million söm mablağni talon-toroj qilgan, şuningdek, mazkur SEOM iqtisodçisi 40 million söm pora bilan qölga tuşgan.
















