Davlat bojxona qömitasi hamda uning hududiy organlari tomonidan bojxonaga oid qonunbuzarliklarni oldini oliş va unga çek qöyiş maqsadida qator tadbirlar amalga oşirilmoqda. Biroq, amaldagi tartib qoidalarga zid ölaroq, faqat öz manfaati, buzuq nafsini öylaydigan ayrim fuqarolar tomonidan Özbekiston hududiga pornografik mazmundagi mahsulotlarni olib kirişga uriniş holatlari uçramoqda, deb xabar berdi Qaşqadaryo viloyati bojxona boşqarmasi axborot xizmati.

Ma'lumot örnida aytiş joizki, joriy yilning ötgan davrida Qaşqadaryo viloyati bojxona boşqarmasi xodimlari tomonidan pornografik mazmundagi materiallar bilan boğliq aniqlangan 76 ta (8 ming 623 dona pornografik mazmundagi videolavhalar, öyin kartalari va suratlar) qonunbuzarlik holatlaridan 8 tasi (592 dona pornografik mazmundagi videolavhalar, öyin kartalari va suratlar) aynan ayollar tomonidan sodir etilgan.

Misol uçun, “Sankt-Peterburg – Qarşi” yönalişidagi 640-sonli aviareys bilan Qarşi xalqaro aeroportida parvozini yakunlagan Qarşi tumani Yangiobod qişloğida istiqomat qiluvçi Barno Örolova (barça ism-familiyalar özgartirilgan) belgilangan tartibda bojxona nazoratidan ötkazilganda, unga tegişli “Samsung SM G361H/DS” markali qöl telefoni xotirasida Özbekiston Respublikasi hududiga olib kirilişi taqiqlangan 31 dona pornografik mazmundagi videolavha borligi aniqlandi.

Şuningdek, Barno bilan hamparvoz bölgan Surxondaryo viloyati Termiz tumanida istiqomat qiluvçi Asila Sanayevaning ham qöl yuklari xolislar iştirokida yölovçi bojxona deklaratsiyasi asosida bojxona nazoratidan ötkazilganda, deklaratsiyada körsatilgan “Alcatel 5070D” markali qöl telefoni va unga örnatilgan xotira kartasida Özbekiston Respublikasi hududiga olib kirilişi taqiqlangan 72 dona pornografik mazmundagi videolavha saqlab kelingani ma'lum böldi.

Yakunda fuqarolar B.Örolova hamda A.Sanayevaga nisbatan sudning qarori asosida 449 ming 325 sömdan jarima jazolari tayinlandi. Aşyoviy dalil sifatida olingan qöl telefonlari nopok materiallardan tozalanib, davlat egaligiga ötkazildi.