Özbekistondagi tijorat banklari çet el valutasini sotiş va sotib oliş kurslarini yana kötarişdi.
Bugun, 13 avgustdan boşlab, Özbekiston banklari dollar sotib oliş uçun nuqtani 8940 söm, sotiş kursini esa 9000 söm qilib belgiladi.
Eslatib ötamiz, Amerika valutasi kursining ösişi Özbekistonda ikki hafta oldin boşlandi, öşanda bir neça kun içida kurs ösişi 2 foizga teng böldi.
Ötgan hafta Özbekiston Markaziy banki vaziyatni taşqi va içki omillar ta'sirida kurs keskin kötarilgani bilan izohladi. Ma'lum bölişiça, Özbekistonning asosiy iqtisodiy şeriklarida (Rossiya, Qozoğiston va Xitoy) milliy valutalar almaşuv kursining dollarga nisbatan qadrsizlaniş tendensiyasi kuzatilmoqda
Markaziy bank ma'lumotlariga köra, içki omillar, asosan, import qiluvçi xöjalik yurituvçi sub'yektlar tomonidan xorijiy valutaga bölgan talabning ösib borişi bilan boğliq.
Markaziy bank 10 avgustdan xorijiy valutalarning sömga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Unga köra, 1 AQŞ dollari 8882,00 sömga yetgan. 1 yevro kursi 259,80 sömga oşib, 9928,30 sömni taşkil etgan.








