Prezident farmoni bilan, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça 2023–2024 yillarga möljallangan davlat dasturi tasdiqlandi.

Dasturga asosan, quyidagilarni internet tarmoğida jonli efirga uzatiş tartibi joriy etiladi:

  • falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini oliş uçun Ilmiy kengaş tomonidan ötkaziladigan dissertatsiya himoyasi (yopiq ilmiy işlar bundan mustasno);
  • örta-maxsus va professional ta’lim muassasalarining (şu jumladan, “Temurbeklar maktablari” harbiy-akademik litseylarining) test sinovlari hamda prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarga kiriş imtihonlari;
  • oliy ta’lim muassasalari bazasidagi harbiy kafedralarga qabul qilişdagi saralaş tanlovlarining umumjismoniy tayyorgarlikni baholaş va çaqiriqqaça boşlanğiç tayyorgarlik dasturi böyiça bilim darajasini baholaş bosqiçlari

Bundan buyon Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi “Qayta aloqaning sirli mijozi” tadbirlari orqali davlat idoralarining işonç telefonlari faoliyati samaradorligini monitoring qilib boradi va aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça taqdimnomalar kiritadi.

2023-2024 yillarga möljallangan davlat dasturiga köra:

  • davlat organlari va taşkilotlari budjetdan taşqari jamğarmalariga kelib tuşayotgan mablağlarning sarflanişi ustidan samarali jamoatçilik nazorati örnatiladi;
  • davlat xaridlari tartib-taomillarini buzgan mansabdor şaxslarga nisbatan jazo muqarrarligini ta’minlaşga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi işlab çiqiladi;
  • vazirlik va idoralarning kadrlar bilan işlaş yönalişidagi faoliyati hrm.argos.uz elektron bazasi orqali amalga oşiriladi;
  • maktabgaça va maktab ta’limi sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi amalga oşiriladi;
  • korrupsiya töğrisida xabar beruvçilarning huquqlarini himoya qiliş mexanizmlarini nazarda tutuvçi normativ-huquqiy hujjat loyihasi işlab çiqiladi;
  • “Oçiq hukumat hamkorligi” xalqaro taşkilotiga a’zo böliş çoralari köriladi.

Dasturda korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça 2030 yilgaça möljallangan milliy strategiya işlab çiqiş ham közda tutilgan.