“Örgimçak-odam: Uyga yöl yöq” (Spider-Man: No Way Home) filmi Hollivudning 2021 yildagi eng kassabop filmi böldi. Bu haqda Variety naşri xabar berdi.
Film boş qahramoni Piter Parker rolini aktyor Tom Xolland ijro etgan, unga Jon Uots rejissyorlik qilgan. Bor-yöği 10 kun avval katta ekranlarga çiqqan film qisqa vaqt içida 813 mln dollar keltirdi va josus 007 Jyeyms Bond haqidagi 25-film – “007: Ölişning mavridi emas”dan ham özib ketdi. Bond sarguzaştlari haqidagi navbatdagi film öz ijodkorlariga 774 mln dollar keltirgan.
Ta’kidlanişiça, “Örgimçak-odam”ning yangi qismi AQŞdan taşqaridagi namoyişdan 457 mln dollar keltirgan. Sony va Marvel kompaniyalarining uşbu filmi Xitoyda katta ekranlarga çiqarilmaganiga qaramay, pandemiya vaqtidagi eng köp pul keltirgan filmga aylandi.
Dunyo böyiça faqatgina ikkita film “Örgimçak-odam”dan köproq pul yiğgan. Bular xitoylik ijodkorlar tomonidan yaratilgan “Çanjin kölidagi jang” (The Battle at Lake Changjin) va “Salom, ona” (Hi, Mom) filmlari bölib, ular mos ravişda 902 mln va 882 mln dollar keltirgan. Biroq Jon Uots filmi kelayotgan dam oliş kunlari bu körsatkiçlarni ortda qoldirişi mumkin.








