«Futbolimiz – tizimli yolğon». Baxtiyor Hamidullayev bilan oçiq intervyu
|20:53 / 03.02.202233 64314 min
«Andijon» klubi sobiq futbolçi va murabbiyi, Özbekiston milliy jamoasining sobiq a’zosi Baxtiyor Hamidullayev Tribuna.uz saytiga intervyu berib, özbek futbolida siz eşitmagan voqealar va muammolarni oçiqladi. U futbolimiz, undagi muammolar, keçasi va buguni haqida gapirdi.
90-yillar oxiri, yangi mingyillik boşlarida Özbekiston futbolida yaxşi hujumçilar bisyor edi. Voha-yu vodiy, poytaxt-u şimolgaça barça hududlar – Oliy ligada qatnaşadigan deyarli barça klublarda özining töpurar hujumçilari bor edi. Tabiiyki, milliy jamoada ham bu borada muammo yöq, hujum çiziğida raqobat yetarli edi. Töpurarlar bahsida goh u, goh bu goleodorning ismi yetakçilar qatorida bölar, kim özarga gol uriş avjiga çiqqan mahallar. Öşa davrning öziga xos straykerlaridan biri, öz ampluasida yorqin öyinlar namoyiş etgan, Andijonning faxri bölgan hujumçi Baxtiyor Hamidullayev futbolimizda yorqin iz qoldirgan, tarix sahifalariga öz nomini yozdirib qöygan iqtidorli hujumçi – bu daf’a Tribuna.uz suhbatdoşi.
«Futbolsiz zerikdim»
– Hozirgi kunda futboldan uzoqdaman. Murabbiylik «B» litsenziyam bor, endi «A» litsenziyaga öqişim kerak. Bor e’tiborim şunga qaratilgan. Futbolsiz qiyin ekan. Boşqa sohani eplaş ham qiyin bölarkan. Men faqat futbolga intilyapman. Bir vaqtlar Yuriy Sarkisyan aytgandi: eslab qol, bir kun kelib futboldan haydaşadi sizlarni, hozir qadriga yetgin, hozirdan kelajaging uçun zamin hozirla, deb. Boşqa işlarim ham bor edi-ku, ammo baribir futboldan taşqarida bir iş qilolmasam kerak.
«Futbolçilarni aldaş oddiy hol edi»
– Töğrisini aytaman: «Andijon»da deyarli 13 mavsum ötkazgan bölsam, yarmini rahmat uçun ötkazganman. Öşa paytlarda klubda futbolçilarni aldaş avjiga çiqqandi. Hozirgi kunni bilmayman, lekin biz öynagan davrda faoliyatimizning yarmida tekinga öynagan edik. Aslida, futbolçi va klub örtasidagi şartnoma 3 nusxada böladi. Biz esa 4ta qoğozga şartnoma imzolardik. Birinçisiga futbolçi öz talablarini yozadi, klub esa imzo çekib, muhr bosib beradi. Lekin bu hujjat heç narsaga yaramaydi. Qolgan 3ta şartnomani klub töldiradi va siz qöl qöyasiz. Futbolçilar aldanişardi, rahbariyat şu qadar tovlamaçi bölib ketgandiki, tasavvur qila olmaysiz.
Foto: Andijon FK
Misol uçun, mening ukam bilan ham şunday voqea sodir bölgan. Maşğulotlardan qaytayotganida uni uşlab, akang bilan gaplaşdik, mana bu hujjatlarga qöl qöyişing kerak, deb hujjatlarga imzo qöydirişgan. Men heç kim bilan heç narsa haqida gaplaşmagandim. Keyin bilsak, ukamga 5 yillik kötarma pulini klub tölab bergani haqidagi hujjatga imzo çekdirib olişgan ekan. Taxminan, 5 yil uçun 50 ming dollar miqdoridagi pul edi. U pulni esa, tabiiyki, rahbarning özi «yeb yuboradi».
Mavzuga oid
Öşa mavsumning sönggi 4 öyinida ukam 6 gol urgandi. Bunday işlardan söng, u boşqa futbol öynamadi, ruhan sinib qoldi. Aslida, u Rauf Inileyev nazariga tuşib, milliy jamoa bilan Taylandga ham borib kelgandi.
«Röziqul Berdiyev 25 ming berişga tayyorligini aytgandi, Andijon hokimi Qaşqadaryo hokimiga qönğiroq qilgan ekan»
– 30 yoşdan ötganingizdan söng, klubdagilarning sizga munosabati yana ham özgarib qoladi. Klub uçun kim qanday xizmatlar qilgani ma’lum-ku! Ular öz örinlarini berib qöymaslik uçun bizni jamoadan çetlaştirişga harakat qilişar edi. Öşa vaqtda «Andijon»da 15 ming atrofida kötarma puli olardim, «Nasaf»dan Röziqul Berdiyev aloqaga çiqib, 25 ming berişga tayyorligini aytgandi. Şunda men Andijon hokimi Ahmadjon Usmonovning oldiga kirganman, klubga siğmay qoldim, Qarşidan taklif tuşyapti, deb aytganimda şu yerda kerakligimni aytgandi va biroz jahli ham çiqqan. Keyin esa Qaşqadaryo hokimi Nuriddin Zayniyevga qönğiroq qilgan ekan va şu tariqa Andijonda qolib ketganman.
Şundan keyin yarim yilça futbol öynamadim. Hokimning aytgani aytgan, degani degan – qölimdan heç narsa kelmasdi. Yarim yildan söng, yana meni çaqirib, göyoki yaraşib oldi, meni yana futbol öynaşga köndirdi. Ikkinçi davradan yana «Andijon»da öynay boşlaganman.
«Paxtakor»da Agamurodov menga imkon bermadi»
– Turkmanistonlik Yozgeldi Qutdonov Taçmurod Agamurodov özi orqali meni «Paxtakor»ga çaqirayotgani haqida gapirib qoldi. Barça şaroitlarni yaratib bermoqçiligini aytgandi. Öylab qarasam, Özbekiston çempionatida qiladigan işim qolmagan ekan. Çempionlar ligasida öynamoqçi böldim.
Borib gaplaşdik, kelişuvga erişdik. Qiş davomida Turkiya va BAAda yiğinlar bölib ötdi. Örtoqlik öyinlarida tinimsiz gol urgandim. Öşa vaqtda 2002 yilgi jahon çempionatida Ispaniya va Italiyani yutgan koreys futbolçilaridan 4tasi öynaydigan klubni ham 3:2 hisobida yutgandik, men 2ta gol urganman. Bir qaraşda asosiy tarkibda öynaşim aniqdek edi. Şamakoviç meni milliy çempionatda maydonga tuşirar edi, biroq Çempionlar ligasida öynamas edim. Birinçi turda maydonga tuşirişganida gol urgandim-ku! Keyin umuman öynatmay qöyişdi. Adolatsizlik böldi. Mening pozitsiyamda turkmanistonlik Aleksandr Kroxmal bor edi-da. U esa Agamurodovning hamyurti. Kroxmal jarohati bilan ham öynardi. Lekin öşa vaqtda maşğulotlarda ham sezardim — men undan ustunroq edim.
Toşkentda ötgan «BeK Tero» (Tayland) bilan öyinni eslasangiz kerak. Birinçi öyin 1:3 hisobida yutqazganmiz. Bizga kamida 2:0 hisobidagi ğalaba kerak. Bunday vaziyatda jamoada hujumçi bölişi şart. Bu paytgaça murabbiy bilan aloqalarimiz biroz yomonlaşib qolgandi. Öyin vaqtida Andrey Vlasiçev bilan zaxirada ötirgandik va u uşbu öyin özaro munosabatlarni öylaydigan bellaşuv emasligini, murabbiy meni maydonga tuşirişi kerakligini aytgandi. Ammo murabbiy meni öynatmadi. Öyin tugaganidan söng, Bikmayev oldimga keldi. Juda yoş bola edi, közida yoş bilan bugun men emas, siz maydonga tuşişingiz kerak edi, dedi. Öyin 1:0 hisobida yakunlandi, «Paxtakor» final ostonasida töxtadi. Öyindan keyin bir guruh muxlislar jamoa joylaşgan mehmonxonaga kelib, Taçmurod Agamurodovni söroqqa tutişgan: nega Hamidullayevni maydonga çiqarmading, qabilida.
Köpçilik mendan söraydi: milliy jamoaga ham borib, nega maydonga çiqmasdingiz? Bu – murabbiyning tanlovi! «Andijon»da doim asosiy tarkibda öynaganman, «Paxtakor»da ham raqobatda yutqazmaganimga işonaman.
Andijonlik futbolçilar nega ketib qolgan?
– Milliy jamoada öynagan bir qator futbolçilar Andijondan: Oleg Zoteyev, Vagiz Galiulin, Şavkat Mullajonov, Otabek Qiliçev... Lekin aynan «Andijon» klubidan milliy jamoaga juda kam futbolçi çiqqan. Yuqoridagi futbolçilar Andijondaligida örinbosarlar tarkibida öynab yurgan, lekin katta futbolga ularni Toşkent tarbiyalagan. Nega ular ketib qolgan? Çunki, jamoa yoş iqtidorlarni uşlab qolmagan.
Nega mahalliy öyinçilar qadrlanmagan? Sababi, çetdan qança futbolçi kelsa, rahbarning çöntagiga şunça foyda. Bu tizimlaşib ketgan Andijon futbolidagi illat. Men kelganimdan söng, mana şu tizimni biroz bölsa-da özgartira oldim, deb öylayman.
Legionerlar va «Andijon»da nega işlay olmagani haqida
– Ba’zi bir legionerlardan özimizning akademiyalardan çiqqan futbolçilar kuçliligi haqida eşitganmiz. Ularning turişidan ham qanday öynaşi ma’lum. Şu futbolçilarga bekordan bekor 3 ming dollar maoş berilar ekan. Aslida esa, öşa puldan 500-700 dollar mablağ ularning qöliga tegar ekan, qolgani esa klub rahbarlariga. Futbolimizda bu oddiy hol, yaşiradigan joyi yöq.
Foto: Tribuna.uz
Ötgan mavsum «Andijon»da işlaganimda jamoada özim xohlagan muhitni yaratişga harakat qilib kördim. Lekin bir özim qiynaldim, maslakdoşim yöq. Işlaşga qöyişmaydi, xalal beraverişadi. Duşman içingizda, tavba. Jamoaning mağlubiyatini istaydiganlar bor, çunki muvaffaqiyatsizliklar ortidan işlab turganlar ketsa, ularning örniga öşa odamlar kelib, jamoa boşqaruvini qöliga olsa.
«Şörtan» bilan öyinga bormasligim uçun 20 ming dollar taklif qilişgandi»
– Bir kuni öyindan oldin Arturas Fomenko «feysbuk»dan yozyapti: tarkibni tezda özgartir, bu öyinçilar öyinni sotişadi, deganga öxşaş gap qildi. Hayron böldim, ammo start-listga tegmadim. Keyin bilsam, totalizatorçilar tarkib uçun ham pul tikişar, asosiy tarkibni topganga katta pul tegar ekan. Hozir ham ayrim öyinlarda kuzatganmisiz – asosiy tarkib öyinga bir neça daqiqa qolganida özgarib qoladi.
Yana bir voqeani aytay: 2006/2007 yillar mavsumining oxirgi turida «Şörtan»ga ligada jon saqlab qolişi uçun 1 oçko kerak edi. Biz ligada qoliş masalasini allaqaçon hal qilib bölgandik. Ğuzorliklardan menga qönğiroq bölgandi: öyinga kelmasang, uyingga 20 ming dollar jönatamiz. Men rozi bölmadim. Biroz ötib, bir döstim telefon qildi: «Sen ahmoqmisan? 20 ming dollarni olsang-çi!», — dedi. Meni köndira olişmagaç, murabbiylarga aloqaga çiqib, öyinni sotib olişibdi. Men öşa öyinda ukamga golli pas berdim, ukam gol muallifi, ammo yakunda «Şörtan» ğalaba qozondi baribir. Pulni olişganda. Maydonda spektakl öynab berişdi futbolçilar.
«Avvalgi futbolçilar kuçliroq edi»
– Biz Igor Şkvirin, Şuhrat Maqsudov, Ravşan Bozorov darajasidagi hujumçi böla olmadik. Bizdan keyingi avlod undan-da sifatsiz. Eldor Şomurodov-çi, deysizmi? Şu birgina, boringki, ikki nafardir yaxşi hujumçi. Yana kimlarni ayta olasiz? Eldor Yevropaga borgan bölsa, öz davrida Maksim Şatskix ham şunday yölni bosib ötgan-ku.
Murabbiy bölib işlaganimda qança futbolçilarni kördim – elementar körsatmalarni tuşunişmaydi. Ota-onasi pul berib futbolçi bölganlar qança.
«Kim özi u?» – Milliy jamoadagi faoliyati haqida
– Milliy jamoada öynab ketiş viloyatlardan borganlarga oson emas edi, ha. Bir misol aytay: Olimpiya jamoasi bilan Goada yiğindamiz. Men va Uluğbek Baqoyev tarkibdamiz, öşa yillari Oliy ligada paydar-pay gollar urib yuribmiz, asosiy tarkibda esa boşqa futbolçi öynayapti. Kim özi u? Nega ligada töpurar bölib turgan biz emas, u öynayapti asosiyda? Şunaqa holatlar köp bölgan-da.
«ÖFAga borsam, öqiş boşlanişiga 2 oylab vaqt bölsa ham, röyxat tölib bölgan deyişadi»
– 43 yoşdaman, futbolçilik faoliyatimni yakunlaganimga qariyb 11 yil böldi. Hozirça «B» litsenziyam bor. ÖFAga borsam, öqiş boşlanişiga 2 oylab vaqt bölsa ham, röyxat tölib bölgan deyişadi. Keyingisida öqiysiz deb, telefon raqamlarimni olib qolişadi, lekin darak yöq. Noiloj, Bişkekda öqib keldim öşa «B» litsenziya uçun. Tojikiston va Qirğizistondagi tanişlarimga aytib qöyganman: «A» litsenziya uçun Tojikiston yoki Qirğizistonda öqib kelaman, çunki özimizda taniş-bilişçilik, pul uzatiş kerak, şekilli – joy yöq. Assotsiatsiyadagilar doim akademiyadagi murabbiylarni öqitişni maqsad qilganini aytadi. U holda bizga öxşaganlar nima qilsin, qayerda öqisin?
Men zavoddan yoki bozordan futbolga kirib kelmayapman-ku! Andijonda qorovul, oşpaz va yana allakimlar murabbiy bölib işlayapti. Mana şunaqalar futbolga murabbiylik qilganidan söng, qanday futbolçilar yetişib çiqsin? Bu Andijon futbol akademiyalaridagi maynavozçiliklardan biri. Siyosat öşa-öşa: futbol içidagi odamlarni siqib çiqariş, faqat öz söziga yuradiganlarni atrofiga töplab oliş.
Foto: Andijon FK
«Andijon» klubining hozirgi rahbari Jur’atbek Quvvatov bilan fikrimiz bir joydan çiqqan. U ham viloyat yoşlaridan klub asosini şakllantirişni asosiy vazifasi, deb biladi. Ötgan yilda U-21 jamoasini boşqardim, sovrinli örinlar uçun ham kuraşdik. Futbolçilarning hammasini özim saralab oldim. Ota-onalar bolam öynasin deb, kelib pul bermoqçi bölaverar ekan. Birortasini qabul qilmadim. Kuçlilar öynasin!
– «Surxon»ga qarşi öyinda Doniyor Mullajonov qönğiroq qilib, 15-daqiqada öyinçi almaştirişimi kerakligini yuqoridan söraşayotganini aytdi. Iya, qanaqasiga? Özi koronavirus va jarohatlar sabab 13 nafar futbolçimiz qolgan. Öyin boşidayoq almaştirsam, qolgan daqiqalarda nima qilaman? Özgarişlarni keyinroq qiliş kerak emasmi, şundoq ham zaxiramiz yöq-ku. Yuqoridan bölgan topşiriqni bajarmay, futbolçini almaştirmaganim uçun jamoadan ketdim. Bu iste’fo ham emasdi, sababi, sönggi 7 öyinda atigi 2 bor mağlub böldik. Raqiblar biz bilan hisoblaşa boşlagandi, endi avvalgidek oçko ulaşadigan jamoa emasdik.