Bugun, 11 sentabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tizimida faoliyat yurituvçi «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati hamda «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati mutasaddilari iştirokida matbuot anjumani taşkil etildi.

«Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Iqtisodiyot va moliya boşqarmasi boşliği Abduhamid Jörayev bergan ma'lumotlarga köra, jamiyat 2019 yilda Özbekiston milliy elektr tarmoqlari böyiça jami 51,6 mlrd. kVt. soat elektr energiyasini transportirovka qiliş majburiyatini (iş hajmini) olgan, bu körsatkiç ötgan yilga nisbatan 104,2 foizni taşkil etişi rejalaştirilgan. 2019 yilning yanvar-avgust oylarida jami 32,9 mlrd. kVt. soat elektr energiyasi transportirovka qilindi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 100,4 foizni taşkil etadi.

Şu örinda Energiya resurslari va energiya işlab çiqariş xomaşyolari narxlari ham e'lon qilindi:

  • 1 tonna mazut — 2 mln 800 ming söm;
  • 1000 m3 tabiiy gaz — 660 ming söm;
  • 1 tonna kömir (Angren) — 288,8 ming söm;
  • 1 tonna kömir (import) — 328,5 ming söm;
  • 1000 m3 yer osti gaz — 92,9 ming söm;
  • 1 kVt.s elektr energiya (yuridik iste'molçilar uçun) — 450 söm;
  • 1 kVt.s elektr energiya (aholiga) — 295 söm;
  • 1 Gkall issiqlik energiyasi — 162,6 ming söm.

Tadbirda yangi joriy qilingan va qilinayotgan elektr hisoblagiçlar, xususan ularning ortiqça hisoblaşiga oid xabarlarga ham batafsil şarhlar berildi. Aqlli hisoblagiçlar har qanday kiçik moslama (jumladan, telefon quvvatlagiç) sarfini ham hisoblaşi eslatib ötildi.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Şuningdek, iste'mol madaniyatiga alohida töxtalib ötildi. Energetika vazirligi tizimidagi jamiyat boş boşqarmasi boşliği Abduraşid Mirzayev aholi juda köp elektr energiyasi sarflayotganini qayd etdi.

«Men bir qöşimça qilmoqçiman. Odamlarda tejaş degan narsa yöq. Iste'molçi özi bilişi kerak qança işlatişini. Xohlagan narsasini ulab olaversa, kabel kötarmay kuyib ketsa. Buning zarari bozorgayam tuşadi, yangi transformator örnatişi kerak bölgan taşkilotga ham...