Şundan söng davlat rahbari nutq sözladi.
«Odamlar endi bizdan yangi amaliy işlarni kutyapti. Millionlab insonlar – ota-onalarimiz, opa-singillarimiz, öğil-qizlarimiz bugun bizga umid va işonç bilan köz tikib turibdi. Ana şunday umid va işonçni oqlaş, erişgan yutuqlarimizni yangi natijalar bilan mustahkamlaş bizning nafaqat vazifamiz, balki insoniy burçimizga aylanişi şart», dedi Şavkat Mirziyoyev.
Qayd etilişiça, barça böğindagi rahbarlarga çiroyli, balandparvoz gapiga qarab emas, faoliyatining aniq natijasiga qarab baho beriladi.
«Qonunlarni, odamlarni mensimaydigan, ularga qöpol munosabatda böladigan, byurokratiya va korrupsiya balosiga berilgan har qanday rahbar bilan – u vazir yoki hokim böladimi, boşqa mas’ul vazifadagi amaldor böladimi – salbiy harakatlari bilan davlat obrösiga putur yetkazayotgan bunday kişilar bilan uzil-kesil xayrlaşamiz. Ularning örniga bilimli, Vatan va xalq taşvişi bilan yaşaydigan yoş-yoş yigit-qizlarni qöyamiz.
Mana, safimizga yurtimizdagi, çet eldagi nufuzli oliygohlarda öqigan, yirik kompaniyalarda işlagan qança-qança salohiyatli yoşlar kirib kelmoqda. Men ularning timsolida avvalo ertangi kunimizning yangi rahbarlarini, hudud, tarmoq va sohalarning mohir boşqaruvçilarini köraman», - dedi prezident.









