DXX xabariga köra, unda Toşkent şahridagi tumanlardan birining Mudofaa işlari bölimi boşliği fuqaroga noqonuniy ravişda harbiy guvohnoma rasmiylaştirib beriş evaziga öz xizmat avtomaşinasida undan 600 AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Boşqa bir holatda esa Sirdaryo viloyatidagi Aholi bandligiga kömaklaşiş markazlaridan birining direktori yoşlarni kasbga örgatiş bilan şuğullanuvçi MÇJ rahbaridan uning öquv markazida tahsil olayotganlarning darslarga qatnaşiş holatini monitoring qilmaslik va MÇJ faoliyati böyiça tekşiruv ötkazmaslik evaziga 300 AQŞ dollari talab qilib, muqaddam 2 mln söm olgan.
DXX xodimlari tomonidan boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda u qolgan 1,4 mln sömni öz xizmat xonasida olgan vaqtida uşlandi.
Hozirda mazkur mansabdor şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.







