Mazkur hodisa tufayli özbekistonlik iste'molçilar vaqtinça tarmoqdan uzilgan, «Özbekiston MET» AJ tomonidan elektr stansiyalardagi mavjud rezerv quvvatlarni oşiriş orqali tarmoqdan uzilgan iste'molçilarga elektr energiyasi yetkazib beriş böyiça zarur çoralar körilgan edi. 

Ma'lum bölişiça, 22 sentabr kuni 11:09da Turkmaniston energetika tizimi mutaxassislari havo tarmoğidagi nosozliklarni bartaraf etişgan. Natijada Turkmanistondan Özbekistonga elektr energiyasi eksporti tiklangan.

«Özbekiston MET» AJ Özbekiston iste'molçilarini elektr energiyasi bilan ta'minlaş maqsadida «Issiqlik elektr stansiyalari» hamda «Özbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyatlari tarkibidagi buğ-gaz qurilmalari hamda gidroinşootlar tomonidan elektr energiyasini işlab çiqariş jarayoni rejaga muvofiq davom etayotganini bildirgan. Qayd etilişiça, bu jarayonga Turkmanistondan import amaliyoti ham qöşilgan va ayni paytda Özbekistondagi elektr ta'minoti tizimi barqaror faoliyat yuritmoqda.