Uşbu maqolada haydovçilik guvohnomasini oson oliş uçun «barça şaroitlar yaratilgan» Özbekiston «tajribasi» haqida fikr yuritiladi.

2021 yilda 10 mingga yaqin yöl-transport hodisasi sodir etilgani, unda 2 mingdan oşiq inson hayotdan köz yumgani, minglab odamlar turli darajada jarohat olgani avariyalarning kelib çiqiş sabablari böyiça qayta va qayta fikrlaşga majbur qilaveradi.

Oqibatlari qörqinçi hikoya

«Döstim, bizning uyda ayollar «qözğolon» kötarişdi. Hammasi maşina mingisi kelib qoldi. Özimning ayolim va ikki akamning turmuş örtoqlari bir bölib avtomaktabga hujjat topşirişdi. Uç oyda haftasiga 5 kun, 4 soatdan davom etişi aytilgan darslarga nari borsa 10 marta borişdi. Lekin öqişga borganlarida sarf böladiganidan köra köproq pul ketdi (davomatda muammo bölmasligi uçun).

Xullas, 3 oy emas 2 oydan sal ötib «V» toifa uçun öqişni tamomlaganliklari töğrisida hujjat olişdi. Maşina haydaşni esa uyda mustaqil örganişdi.

Keyin imtihon topşiriş uçun birgalaşib «GAI»ga borişdi. Imtihondan 1 kun oldin katta akam «GAI»ga kirib çiqdi. Kim bilan qanday kelişişdi bilmadimu, ertasi kuni rulga ötirsa oyoği qaltiraydigan, gaz bilan «ssepleniye»ning farqiga bormaydigan 3 ayol haydovçilik guvohnomasiga ega bölişdi (kelinlarning aytişiça, imtihon kompyuterda bölgan, test savollarini yetarli darajada töğri topa olişmagan, amaliy imtihon topşirişmagan). 

Ayolimning bu borada «nimalarga qodir» ekanini bilganim uçun ham olingan guvohnoma hozirça javonni bezatişga yarayapti, xolos».

Hikoyadan xulosa

Xöş, nega maşina haydaşni bilmaydigan odamlar öqimasa ham «öqidi» degan hujjatni olmoqda? Ular YHXBning nazariy va amaliy imtihonlarini qanday qilib topşirmoqda?

Kuzatuvlarga köra asl muammo ham mana şu yerda. Bugungi kunda aksariyat odamlar haydovçilik guvohnomasini töğri yöl bilan qölga kiritmagan. Yöllarda madaniyatsiz haydovçilar, avariyalar va ölimlar soni kamaymayotganining eng asosiy sabablaridan biri ham şunda.

Bu vaziyat haydovçilarni öqitiş va ulardan imtihon olişning mavjud tizimi töğri işlayotganini söroq ostiga keltirib qöymoqda.

Arzonning oşi tatimas yoxud «çalajon