Qayd etilişiça, bugungi kunda respublikada transport vositalaridan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini qöpol ravişda buziş holatlari yuqoriligi, yöl infratuzilmasidagi jiddiy muammolar yöl-transport hodisalarini keltirib çiqarayotgani, oqibatda köplab insonlarning tan jarohat olişi, eng açinarlisi, insonlarning bevaqt vafot etayotgani holatlari köpayib bormoqda.

“Şu bois, respublikada yöl harakati sohasidagi muammolarni kompleks örganiş va amaliy muammolarni bartaraf etiş böyiça idoralararo işçi guruhi öz faoliyatini boşladi”, deyiladi xabarda.

Guruh tarkibiga hukumat, içki işlar, transport, moliya vazirliklari, avtomobil yöllari qömitasi va boşqa mutasaddi idoralar va taşkilotlarning rahbar va malakali mutaxassislari kiritilgan.

“Guruh tomonidan yöllarda harakat xavfsizligini ta'minlaş va yöl-transport hodisalari barvaqt oldini olişning bugungi kundagi holati kompleks ravişda örganilib, ilğor xorijiy tajribasi va ilmiy yondaşuvlarni qöllaş asosida normativ-huquqiy va manzilli taşkiliy-amaliy çoralar işlab çiqiladi.

Alohida e'tibor, yöl infratuzilmasi bilan boğliq jiddiy muammolar – yöllar holati, piyodalar ötiş joyi, yöl belgilari, tartibga solinmagan çorrahalar va boşqalarga qaratilib, ularni tubdan yaxşilaş böyiça har tomonlama çoralar köriladi”, deyiladi IIV ma'lumotida.

Ta'kidlanişiça, yöl harakati xavfsizligi böyiça aholini qiynayotgan muammolar örganilib, köriladigan kompleks çora-tadbirlar haqida jamoatçilikka axborot beriladi hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar sinçkovlik bilan örganib çiqiladi.

Ma'lumot uçun, yanvar-aprel oylarida Özbekistonda jami 2242ta yöl-transport hodisasi qayd etilgan, avariyalar natijasida 557 kişi halok bölgan, yana 1684 kişi jarohatlangan.

Avariyalar yuzaga kelişiga sabab bölgan omillar qatorida tezlikni oşiriş — 32,4 foiz, piyodalar ötiş yölaklari yöqligi sababli belgilanmagan joydan ötiş — 16,2 foiz, ustuvor huquqqa ega transport vositasini ötkazib yubormaslik — 11,6 foiz, qarama-qarşi yönalişga çiqib ketiş — 9,3 foizni taşkil etgan. Şu bilan birga, 4 foiz avariya yöl harakatini notöğri taşkil etiş va yöllardagi nosozliklar, yana 4,1 foizi esa veloyölaklar bölmagan joylarda ularni urib yuboriş kabi holatlarga töğri kelmoqda. Şu bilan birga, 4 oy davomida bolalar iştirokidagi YTH soni 25,3, ularda halok bölgan bolalar soni 64,5 foizga oşgan.