Mehnat migrantlari uchun soliq joriy qilinayotgani haqidagi xabarlar rad etildi
Xorijda ishlayotgan fuqarolar O‘zbekistonda pensiya olmoqchi bo‘lsa, ijtimoiy soliq to‘laydi.

Adliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda mehnat migranti o‘zini o‘zi band qilgan shaxsga tenglashtirilishi hamda soliq to‘lashi haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan oydinlik kiritdi.
Ma'lum qilinishicha, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar daromad solig‘i to‘lamaydi, ijtimoiy soliqni esa pensiya olish uchun ish stajiga ehtiyoj sezsagina to‘laydi.
«2021 yil 1 yanvardan boshlab mehnat migratsiyasi yo‘li bilan xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlariga tenglashtiriladi.
Ularga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun belgilangan soliqlarni to‘lash hamda pensiya miqdorini hisoblash tartibi qo‘llaniladi.
Soliq kodeksining 369-moddasiga muvofiq, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi.
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar o‘ziga pensiya hisoblanishi va ish stajiga ega bo‘lishi uchun Pensiya jamg‘armasiga ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin, bu 2020 yil uchun kamida BHMning 50 foizi hajmida (111 ming 500 so‘m) belgilangan.
Agar chet elda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar O‘zbekistonda pensiya va ish stajiga ehtiyoj sezmasa, unda Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq to‘lashning hojati yo‘q», deyilgan xabarda.
Vazirlik mehnat migrantlarining o‘zini o‘zi band qilgan shaxsga tenglashtirilishi ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilganini qayd etib o‘tgan.
Davlat soliq qo‘mitasi esa bu mehnat muhojirlari uchun majburiyat emas, balki yangi imkoniyat ekaniga urg‘u qaratgan.
«Prezidentimizning PQ-4829-sonli qaroriga muvofiq, 2021 yil 1 yanvardan boshlab xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotganlar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga tenglashtirilgani sababli, internet tarmoqlarida mehnat muhojirlari uchun soliq joriy etilayotganligi to‘g‘risida noto‘g‘ri ma'lumotlar tarqalmoqda.
Ushbu xabarlar yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasi o‘z munosabatini bildiradi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 369-moddasiga muvofiq, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi.
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar o‘ziga pensiya hisoblanishi va ish stajiga ega bo‘lishi uchun Pensiya jamg‘armasiga IXTIYoRIY RAVIShDA ijtimoiy soliq to‘lashi mumkin, bu 2020 yil uchun eng kamida BHMning 50 foizi miqdorida belgilangan, bu hozirgi vaqtda 111 500 so‘mni tashkil etadi.
Shu bilan birga, agar chet elda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar O‘zbekistonda pensiya va ish stajiga ehtiyoj sezmasa, unda Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq to‘lashning hojati yo‘q.
Ushbu chora mehnat muhojirlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, kelajakda ularni moddiy himoya qilish kafolati bo‘lib xizmat qiladi», deyilgan qo‘mita xabarida.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya va Ukraina bir-biriga dronlar bilan hujum qildi
Jahon | 12:26
-
Toshkentning ayrim hududlarida 4 kun davomida elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi
Jamiyat | 11:56
-
Moped va skuter haydovchilari uchun guvohnoma talab qilish muddati 1 oktyabrgacha uzaytirildi
O‘zbekiston | 11:41
-
Xitoy Buxoroda "aqlli" shahar infratuzilmasini yaratishda qatnashadi
O‘zbekiston | 11:40
Mavzuga oid

11:28 / 08.04.2025
Korrupsiyaviy jinoyatlar Adliya vazirligi tizimida 22 foizga, hokimliklarda 43 foizga kamaydi – Antikorrupsiya agentligi

10:10 / 04.04.2025
Tasvirga olish uchun rozilik olish talabi OAV faoliyatiga qanday ta’sir qiladi? Adliya vazirligi izohi

16:09 / 18.03.2025
Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

16:18 / 07.03.2025