Autoevolution xabariga koʻra, mashina faqat Braziliyada sotiladi va zavodning oʻzidan poʻlat yukxona, trap va haqiqiy belkurakdan iborat ekspeditsiya toʻplami bilan birga yetkazib beriladi.

1

Maxsus versiya Triton hozirgi avlodining top Katana komplektatsiyasi asosida yaratilgan. Uni tashqi koʻrinishidan tanib olish oson: kuzovi «Concrete Spot Gray» rangida, gʻildiraklari, shnorkeli, tuman chiroqlari va stikerlarida «Sertões» toʻq sariq rangli aksentlari bor, qismlari qora rangga boʻyalgan va 18 dyuymli Goodyear Wrangler Duratrac RT loy shinalari bilan jihozlangan.

3

Asosiy farqi dekorida emas, balki ogʻir yoʻltanlamas sharoitlar uchun tayyor toʻplamda. Tomiga tirnalishdan himoyalovchi X-Liner qoplamali, 50 kg yuk koʻtaradigan poʻlat yukxona oʻrnatilgan. Unga belkurak, kompozit traplar mahkamlangan. Eʼlon qilingan suv kechish chuqurligi - 800 mm.

2

Dvigatel oʻzgartirilmagan. Kapot ostida 205 ot kuchi va 470 N·m aylantiruvchi lahzaga ega 2,4 litrli biturbodizel dvigatel, 6 pogʻonali avtomat uzatmalar qutisi va Super Select 4WD-II toʻliq uzatmalar tizimi bilan birga ishlaydi. Salonda oflayn navigatsiyali 9 dyuymli multimedia, 360° kamera, toʻq sariq chokli charm va maxsus Sertões belgichalari saqlab qolingan. Pol gilamchalari rezina - ularni shlang bilan yuvsa boʻladi.

Narxi - 339 990 Braziliya reali, yaʼni taxminan 66 ming dollar. Avtomobillar soni cheklangan, kompaniya ularning aniq miqdorini oshkor qilmadi.