1 avgust kuni tuşga yaqin Zomin tumani “Duoba” MFY Öriklisoy qişloğidagi dala maydonida yonğin sodir bölgan edi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati dastlab yonğin joyiga 4 ta yonğin-qutqaruv bölinmasi hamda 24 nafar şaxsiy tarkibdan iborat bölinmalar yetib borgani, yonğinni örab oliş işlari boşlanganini ma'lum qilgandi.

Keyinroq yonğin hududi kengayib ketişining oldini oliş va uni butunlay öçiriş uçun FVVdan yana qöşimça 350 dan ortiq şaxsiy tarkib, Mudofaa vazirligidan 4 ta vertolyot, şuningdek, Milliy gvardiya, Içki işlar, Davlat ekologiya qömitasi va boşqa taşkilotlarning kuç va vositalari jalb etilgandi.
Yonğin oqibatida 80 gektar maydondagi ösimlik va dov-daraxtlar yonib ketgani, öşa kuni soat 18:20 da xavf batamom bartaraf etilgani aytildi.
Ammo haligaça rasmiy manbalar yonğin kelib çiqiş sababi va tabiatga yetgan zarar miqdori haqida aniq ma'lumot bermadi.

Kun.uz'ga yetib kelgan ma'lumotda yonğin Jizzax viloyati hokimining öğli yoki Zomin tumani hokimining ukasining nomida bölgan dala hovlida olib borilayotgan quriliş (payvandlaş işlari) vaqtida kelib çiqqani aytiladi.
“Yonğin çiqqan joy qöriqxona hududi bölib, u yerda har kim ham quriliş işlari olib borişga yoki yerdan özi istaganiça foydalanişga qodir emas. Asosan viloyat yoki tuman kattalariga tegişli obektlar, dam oliş maskanlari bor. Öşa kungi yonğin Zomin tumani hokimining ukasiga tegişli daçada (aslida hokimning dala hovlisi, deyilmoqda) payvandlaş işlari olib borilişi vaqtidagi ehtiyotsizlik oqibatida örmonga alanga ötib ketgan.
Dala hovlining şundoqqina örmonga tutaş ekaniga guvoh böliş mumkin. Payvandlaş vaqtida bir neçta usta yigitlar va mahalliy aholi ham öşa joyda bölgan. Ustalarni IIB xodimlari söroq qiliş uçun olib ketişgan”, – deydi Kun.uz manbasi.









