Favqulodda vaziyatlar vazirligi Zomin tumani örmon hududida sodir bölgan yonğin öçirilgani haqida xabar berdi. Yonğin 80 gektar maydonni qamrab olgan.
«1 avgust kuni ertalab soat 10:40da Jizzax viloyati Zomin tumani «Duoba» MFY Öriklisoy aholi punkti hududiga yaqin joyda taxminan 80 ga. maydonda quruq öt va daraxtlar yongan. Yonğinni öçiriş uçun Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Içki işlar vazirligi, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Çegara qöşinlari, Davlat örmon xöjaligi qömitasi, 14ta yonğin öçiriş ekipaji va 1ta yonğin qutqaruv otryadi, 4ta vertolyot jalb etildi.
Yonğin soat 18:20da batamom öçirildi. Barça jarayon Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari tomonidan muvofiqlaştirilib borildi. Tegişli idoralarning kuç vositalarining öz vaqtidagi harakatlari natijasida yonğin yaqin atrofdagi aholi punktlariga ötmadi», deyiladi vazirlik xabarida.



Bundan oldinroq Jizzaxdagi Zomin toğlarida 1 avgust kuni yonğin çiqqani, olovni öçiriş uçun 400ga yaqin xodim va 4ta vertolyot jalb etilgani haqida xabar berilgan edi. AviaSpotter kanalining ma'lum qilişiça, yonğinni öçirişga Özbekiston Mudofaa vazirligining AirBus X215 SuperPuma vertolyotlari jalb etilgan.













