Toshkent metrosida tomosha uyushtirganlar jazolanadi - Transport vazirligi
Bir guruh yoshlar Toshkent metrosida to‘y va choyxona sahnalarini uyushtirib, uni videoga olgan holda internetga tarqatdi. Videolarda metro vagonidagi kelinsalom marosimi, xontaxta atrofidagi oshxo‘rlik sahnalarini ko‘rish mumkin.

Bu holatlar ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlarga sabab bo‘ldi. Kun.uz Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatovdan olgan ma'lumotga ko‘ra, ayni paytda shunday tomoshani uyushtirgan yoshlarning shaxslari aniqlashtirilmoqda.
«Jamiyatda yurish-turish va odob-axloq qoidalari bor. Buni qanchalik bajarish yoki bajarmaslik fuqaroning o‘z madaniyati va tarbiyasi bilan bog‘liq. Videodan ko‘rinib turibdiki, bu yoshlar jamiyatdagi shunday qoidalarni mensimasdan, jamoat joyida tartib-qoidalarni qo‘pol ravishda buzishgan.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan ularning shaxslari aniqlashtirilmoqda. Ularga ham, agar voyaga yetmagan bo‘lishsa, ota-onalariga ham tegishli tartibda albatta chora ko‘riladi», – dedi Ashurmatov.
U bunaqa holatlar ko‘payib borayotgani, ulardan boshqalar ham o‘rnak olishayotganini ta'kidlab o‘tgan.
«Toshkent metropolitenidagi har bir bekatda nazoratchilar bor, lekin ular vagon ichida ketishmaydi. Video vagon yurib ketayotgan paytda olingan. Metropolitenga xontaxta va shunga o‘xshash buyumlarni olib kirish yoki milliy libosda kirishga esa taqiq yo‘q. Achinarlisi, jamoatchilik vakillari ham bu holatga tomoshabin sifatida qarab, suratlarga olib tarqatishgan», – dedi vazirlik matbuot kotibi.
Navro‘z Ashurmatov videoda karantin cheklovlaridan eng asosiysi – jamoat transportida tibbiy niqobsiz harakatlanmaslik tartibi ham buzilganiga e'tibor qaratgan.
Joriy yilning 1 aprelidan jamoat joylarida karantin cheklovlariga rioya etilishi ustidan nazorat qat'iylashtirilgan edi.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda yana bir avtobusda yong‘in chiqdi
O‘zbekiston | 15:06
-
Oq uy Ukrainadagi loyihalarni moliyalashtirishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 15:05
-
“Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga
O‘zbekiston | 15:00
-
BMT: Dronlar Ukrainadagi urushda tinch aholini tobora ko‘proq nishonga olmoqda
Jahon | 14:49
Mavzuga oid

10:03 / 12.06.2025
Endi hamma faqat o‘z hududida taksichilik qiladi, bu rasman tasdiqlandi

16:21 / 16.05.2025
Bir qancha avtovokzal va avtostansiyalarga yangi nom berish taklif etildi

16:51 / 11.04.2025
Transport vazirligi Qozog‘iston orqali harakatlanayotgan haydovchilarni ogohlantirdi

17:16 / 04.03.2025