Qayd etilişiça, elektr ta'minotidagi uzilişlarda asosan 2ta yirik omil mavjud.

“Birinçisi, bu elektr tarmoğiga turli texnik va iqlim şaroitlari bilan boğliq ta'sirlar. Masalan, tarmoq simlariga daraxt şoxlari yoki sim arqonlarining tegişi, quriliş işlarida yöl qöyiladigan ehtiyotkorsizlik tufayli ta'sir, kuçli şamol va yomğirlar ta'siri, elektr uskuna va jihozlarining eskirişi tufayli nosoz holga kelişi yoki 200 ta xonadonga möljallangan transformatorlarga 300–400 ta xonadonning ulanişi oqibatida kelib çiqadigan nosozliklar. 

Albatta, bu nosozliklar bartaraf etilayotgan paytda xavfsizlik texnikasi talablariga muvofiq tarmoqqa ulangan iste'molçilar vaqtinça tarmoqdan uzilib turiladi.

Ikkinçisi, elektr energiyasini işlab çiqariş va iste'mol örtasidagi tafovut tizimning yaxlitligiga, barqaror faoliyatiga salbiy ta'sir etganda ma'lum texnik şartlar asosida tarmoqdan jadvalli uzişlar sodir bölişi mumkin”, - dedi Uluğbek Örinov.

Bildirilişiça, elektr ta'minotida muvozanatni saqlaş mahalliy dispetçerlar va Milliy dispetçerlik markazi dispetçerlari tomonidan amalga oşiriladi.