Alişer Usmonov Özbekistonga foydasi tegişi uçun hamma narsaga tayyor ekanini bildirdi, şuningdek u mamlakatdagi loyihalarni investitsiyalaş va xayriya fondlarini oçiş istagi bilan bölişdi. Bu haqida u "Rossiya-24" telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Alişer Usmonovga yaqindagina yurtimizda bölib ötgan Özbekiston prezidenti saylovlari, yangi hukumatning mamlakat iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotida qanday aks etişi mumkinligiga doir savol bilan murojaat qilindi.
"Öylaymanki, juda ijobiy, çunki mamlakat 25 yil davomida mustaqillik yölida taraqqiy etib keldi, bu yölda uni Özbekistonning Birinçi Prezidenti boşqardi. Hozirda ulkan boşqaruv va davlat tajribasiga ega inson tanlandi. Mening fikrimça, u har qanday vazifani bajara oladi. Men özbek ekanimdan faxrlanişimni bir neça marotaba aytganman. Özbekiston, uning rahbariyati uçun foyda berişi mumkin bölgan hamma narsaga doim tayyorman. Men Özbekiston, uning xalqi va prezidentiga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman", - dedi Usmonov.
Özbekistonga investitsiya kiritiş niyati bor yoki yöqligiga doir savolga Usmonov "Albatta, bu rejamda bor", deya javob berdi. Şuningdek u öz ona yurtida xayriya fondi oçiş istagida ekanligini ma'lum qildi.
"Moskvada amalga oşirayotgan loyihalarimni Özbekistonda ham yölga qöyiş uçun u yerda kamida xayriya fondi oçiş istagim bor. Men bu istagimni röyobga çiqarişga harakat qilaman", - deya öz rejasi bilan bölişdi milliarder.
Özbekistonning iqtisodiyotiga investitsiya kiritiş masalasi borasidagi savolga Alişer Usmonov bu alohida mavzu ekani va bunga doim tayyor ekanini ma'lum qildi.








